Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakarlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.
2022-yildagi One Young World sammiti Yaponiya poytaxti Tokioda, 16-19-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.
Citizens of our Planet jamgʻarmasi ushbu sammitda qatnashish uchun Peaceful Futures Scholarship grant dasturi taklif etmoqda. Peaceful Futures Scholarship dasturi yoshlar oʻrtasidagi zoʻravonlikni tugatish va oʻz tengdoshlari hamda keyingi avlodlar uchun tinch kelajak yaratish uchun ish olib borish masʼuliyatini zimmasiga olgan yosh yetakchilarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Dastur doirasida 6 nafar nomzodga grant ajratiladi.
Mazkur grant gʻoliblari One Young World sammitiga qatnashish huquqini qoʻlga kirtishdan tashqari Citizens of Our Planet jamgʻarmasining zoʻravonlikka qarshi kurashish harakatida aʼzo sifatida ishtirok etish uchun ham taklif etiladi.
Maʼlumot uchun: yoshlar orasidagi zoʻravonlik jamoat salomatligi, inson huquqlari va iqtisodiy farovonlikka oʻz taʼsirini oʻtkazuvchi global favqulodda holatdir. Har yili taxminan 200 ming nafar 10-29 yoshli yoshlar qotillik qurboniga aylanadi, bu yillik qotillik qurbonlari sonining 42 foizini tashkil qiladi. Bu statistika muammoning birgina tomoni, xolos. Bundan tashqari yoshlar tomonidan va yoshlarga qarshi bezorilik, jinsiy tajovuz, ogʻir tan jarohati va ruhiy travmalar yetkazish qilmishlari sodir etiladi.
Ushbu inqiroz ham zoʻravonlik oqibatlarini zudlik bilan yumshatish, ham muamoning ildizi boʻlgan sabablarni bartaraf etishga qaratilgan keng qamrovli yondashuvni talab etadi. Muammoga yechimlar ishlab chiqish va ularni tatbiq qilishda yoshlarning shaxsiy tajribasi muhim rol oʻynaydi.
Grant kimlar uchun?
18-30 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- 2022-yil, 16-19-may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammtida ishtirok etish.
- Sammitdan oldingi va keyingi Citizens of our Planet jamgʻarmasi dasturida ishtirok etish.
- 15-19-may kunlari Tokioda mehmonxona bilan taʼminlanadi.
- Tokioga borish va kelish uchun aviachipta beriladi (ekonom klass).
- Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi (jumladan, konferensiya kunlarida nonushta, tushlik va kechki ovqat taʼminlanadi).
- Sammit turar joyi va Sammit oʻtkaziladigan joy oʻrtasidagi qatnov uchun transport taʼminlanadi.
- One Young World elchilari hamjamiyatiga doimiy aʼzolik taqdim etiladi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagicha:
- 18-30 yosh boʻlish.
- Barcha davlat fuqarolari ushbu grantga ariza topshira oladi.
- Nomzodlar yoshlar orasidagi zoʻravonlik muammosiga qarshi kurashishga oid ijobiy taʼsir oʻtkazganligi / oʻtkazayotganini koʻrsata namoyon qila olishi kerak.
One Young World qabul komissiyasi arizalarni quyidagi mezonlar asosida baholaydi:
- Dunyoning istalgan hududidagi jamiyatlarda yoshlar oʻrtasidagi zoʻravonlikni kamaytirishga boʻlgan harakatlarini dalillar bilan koʻrsatib bera olishi. Bunga quyidagi kabi faoliyatlar kirishi mumkin:
– Taʼlimiy dasturlar.
– Daromad notengligi kabi ildiz sabablarga qarshi kurashish harakatlari.
– Xavf guruhiga mansub yoshlarga qaratilgan profilaktik dasturlar.
– Ziddiyatdagi guruhlar oʻrtasida birdamlik yaratadigan dasturlar / harakatlar. - Oʻzlari tanlagan sabab yoki muammoni asoslash va manfaatdor tomonlarni qiziqtira olishda yetakchilik qobiliyati.
- Innovatsiya qobiliyati, muammolarni hal qila olish salohiyati va qadriyatlar.
- Mahalliy va xalqaro masalalarga befarq emaslik.
- Jamoada yoki hamkorlikda umumiy maqsad sari ishlash tajribasi.
Citizens of our Planet jamgʻarmasi One Young World tomonidan qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlar ichidan 6 nafar gʻolibni saralab oladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga arizalar 2021-yilning 25-noyabrigacha onlayn shaklda BU YERDA qabul qiliinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.