×

Pekin Fan va Texnologiya universitetida magistratura va doktorantura uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

15.04.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

27 marta

Pekin Fan va Texnologiya universiteti magistratura va doktorantura darajalari uchun xalqaro talabalarga grant dasturini e’lon qiladi. O’qishga qabul qilingan talabalar bir yil davomida xitoy tilini o’rganadilar. Shundan so’ng asosiy o’quv kurslari xitoy tilida olib boriladi. Ayrim fanlarni ingliz tilida ham olish mumkin.

Hujjatlar barcha yo’nalishlar bo’yicha qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRATURA VA DOKTORANTURA UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Bepul ta’lim;
  • Oylik stipendiya (Magistratura uchun 1700 yuan, doktorantura uchun 2000 yuan);
  • Tibbiy sug’urta;

Xitoyga borish-kelish xarajatlarini talabaning o’zi qoplashi kerak.

Talablar:

  • Magistratura dasturi uchun bakalavr darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan xorij fuqarolari;
  • Doktorantura dasturi uchun magistratura darajasiga ega va 40 yoshdan oshmagan xorij fuqarolari ushbu grantga topshirishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar internet orqali (SHU YERDA) topshirilishi kerak. Anketaga quyidagi hujjatlarni ilova qilish lozim:

  1. Grant uchun anketa;
  2. Pasport nusxasi;
  3. 4×5 sm. hajmli surat;
  4. Diplomning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi (Hujjatning ingliz yoki xitoy tiliga qilingan tarjimasi notarius tomonidan tasdiqlanishi kerak);
  5. Baholar daftarchasining notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi (Hujjatning ingliz yoki xitoy tiliga qilingan tarjimasi notarius tomonidan tasdiqlanishi kerak);
  6. Ko’pi bilan 800 so’zdan iborat o’qish yoki ta’lim rejasi ifodalangan insho;
  7. Universitetdagi o’qituvchilaridan olingna ikkita tavsiyanoma (Hujjatning ingliz yoki xitoy tiliga qilingan tarjimasi notarius tomonidan tasdiqlanishi kerak);
  8. Musiqa yoki rassomchilik kabi san’at yo’nalishlariga topshirayotganlar o’z ijodiy ishlari saqlangan kompakt diskni (CD) ham topshirishlari kerak;
  9. Xorijliklarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish formasida ko’rsatilgan barcha kasallik va tekshiruvlardan o’tish kerak va tegishli shifokorlarning imzo va muhrlari qo’yilgan bu formani ham anektaga qo’shib topshirish kerak. Tibbiy ko’rik formasini SHU YERDAN saqlab olishingiz mumkin.

Barcha hujjatlar qabul qilib olingach, universitet grant natijalari haqida tanlab olingan nomzodlarga iyul oyining boshigacha xabar beradi. Shundan so’ng 15 kun ichida tanlab olingan talabalarga viza uchun topshiriladigan hujjatlar yuboriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!