×

Pekin hukumatining grantlar dasturi


Grant

MUHLAT

30.04.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2072 marta

Pekin hukumati grantlar dasturi – The Beijing Government Scholarship (BGS) – Pekin shahrida tahsil olayotgan yoki tahsil olishni istovchi talabalar, magistrantlar va doktorantlarni to’liq yoki qisman hamda yotoqxona bilan ta’minlash maqsadida joriy etilgan bo’lib, Mahalliy Pekin hukumatining tashqi aloqalar idorasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Grantni tashkil qilishdan maqsad Pekin shahri aholisining dunyoning boshqa qismi bilan hamkorligini rivojlantirishdir.

Grant bakalavr, magistr, doktorlik va ilmish izlanish uchun taqdim etiladi. Shuningdek, grant doirasida madaniyat almashinuvi va til o’rganish kurslari ham bor.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori 1 yilga beriladi va quyidagicha miqdorni tashkil etadi:

  • Doktorlik  uchun 5700 AQSH dollari;
  • Magistr bosqichi uchun 4300 AQSH dollari;
  • Bakalavrbosqichida o’qish uchun 2800 AQSH dollari;
  • Ilmiy tadqiqot olib boorish va til kurslari uchun 1400 AQSH dollari;

Talablar:

  • Ariza beruvchilar xitoy millatiga mansub bo’lmasligi va sog’lom bo’lishi
  • Doktorlik darajasida ta’lim olish uchun magistr darajasiga ega bo’lishi va 40 yoshdan kichik bo’lishi;
  • Magistr darajasida o’qish uchun bakalavr diplomiga ega bo’lishi va 35 yoshdan kichik bo’lishi;
  • Bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun 12 yillik ta’lim diplomiga ega bo’lishi, yaxshi ko’rsatgichli baholar bilan tamomlagan bo’lishi va 30 yoshdan kichik bo’lishi lozim;
  • Umumiy tadqiqot maqsadidagi grantlarga topshirish uchun nomzod kamida bakalavr diplomiga ega bo’lishi yoki balavarning 2yillik qismini o’qigan bo’lishi hamda 50 yoshdan kichik bo’lishi;
  • Til kurslari bo’yicha grantlarga ega bo’lish uchun 12 yillik ta’limni olgan bo’lishi va 60 yoshdan kichik bo’lishi;
  • Nomzodlar ushbu grant bo’yicha ariza topshirayotganda Xitoy hukumati Grantlar dasturining egasi bo’lmasligi  lozim

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar mahalliy davlatdagi Xitoy elchixonasiga, konsullik idorasiga topshiriladi.

Ariza shaklini SHU YERDA yuklab olishingiz mumkin.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • Ariza
  • Notarial tasdiqlangan diplom va uning reyting ballari;
  • O’qish muddati 6 oydan ko’p bo’lsa, sog’lomlik to’g’risida ma’lumotnoma
  • Rezyume- Curriculum Vitai (CV);
  • O’qish va karyera maqsadlari aks etgan  insho (400 so’zdan kam bo’lmagan)

Sohalar va universitetlar haqida to’liq ma’lumot SHU YERDA.

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin. Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.

Toshkentdagi Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi

Manzil: Toshkent, Xamza tumani, G`ulomov ko`chasi 79

Tel: (+998 71)  2338088  Faks: 2334735

Elektron pochta: chinaemb@albatros.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!