Anʼanaviy Peter Drucker Challenge esselar (insholar) tanlovining 2026-yilgi mavsumi eʼlon qilindi. Mazkur insholar tanlovi amerikalik olim, pedagog va iqtisodchi Peter Drukerga bagʻishlangan boʻlib, 14 yildan beri har yili oʻtkazib kelinmoqda. Peter Druker 20-asrdagi boshqaruv sohasi nazariyotchilarining eng yirik va taʼsirli vakillaridan biridir. Bu yilgi tanlov Peter Druckerʼdan ilhomlangan faylasuf Charles Handy xotirasiga bagʻishlanadi.
Insholar shaxsiy esse tarzida va ingliz tilida yozilishi kerak. Insholar shaxsiy hikoya sifatida ham yozilishi mumkin, lekin bunday hollarda inshodagi daʼvolar uchun dalil ham keltirilishi kerak. Tanlovda qatnashish bepul.
Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
- Talaba (Student) kategoriyasi.
- Mutaxassis (professional) kategoriyasi.
Bu yilgi tanlov mavzusi: Culture between Tradition and Change.
Grant kimlar uchun?
18-35 yoshlar oraligʻidagi talaba yoki mutaxassislar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovda har bir kategoriya boʻyicha gʻolib boʻlganlar quyidagicha mukofotlanadi:
1-oʻrinlar:
- 2000 yevro pul mukofoti.
- 18-bor oʻtkaziladigan Global Peter Drucker forumidagi taqdirlash marosimi va madaniy tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati (2026-yil kuzida Avstriya poytaxti Vena shahrida boʻlib oʻtadi).
- Eng oʻziga xos insho uchun Special Recognition Award mukofotini yutib olish imkoniyati.
- Reytingga ega sertifikat.
- Ijtimoiy tarmoqlarda Peter Drucker Challenge ishtirokchilar hamjamiyatiga qoʻshilish.
- Drucker nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarida gʻolib essesiga havola beriladi.
- Gʻolibning Venadagi forumga borish va kelish uchun aviachiptasi, forum davomidagi turar joy xarajatlari tashkilot tomonidan kompensatsiya qilinadi.
2-oʻrinlar (Silver Award):
- 1200 yevro pul mukofoti.
- 18-bor oʻtkaziladigan Global Peter Drucker forumidagi taqdirlash marosimi va madaniy tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati (2026-yil kuzida Vena shahrida boʻlib oʻtadi).
- Eng oʻziga xos insho uchun Special Recognition Award mukofotini yutib olish imkoniyati.
- Reytingga ega sertifikat.
- Ijtimoiy tarmoqlarda Peter Drucker Challenge ishtirokchilar hamjamiyatiga qoʻshilish.
- Drucker nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarida gʻoliblar essesiga havola beriladi.
- Gʻolibning Venadagi forumga borish va kelish uchun aviachiptasi, forum davomidagi turar joy xarajatlari tashkilot tomonidan kompensatsiya qilinadi.
3-oʻrinlar (Bronze Award):
- 1000 yevro pul mukofoti.

4-10-oʻrinlar:
- 500 yevro pul mukofoti.
- 17-bor oʻtkaziladigan Global Peter Drucker forumidagi taqdirlash marosimi va madaniy tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati.
- Eng oʻziga xos insho uchun Special Recognition Award mukofotini yutib olish imkoniyati.
- Reytingga ega sertifikat.
- Ijtimoiy tarmoqlarda Peter Drucker Challenge ishtirokchilar hamjamiyatiga qoʻshilish.
- Drucker nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarida gʻoliblar essesiga havola beriladi.
Eslatma: 1-3-oʻrinni egallaganlar safar va turar joy xarajatlarini avval oʻzi qilishi kerak, bu xarajatlar keyin tashkilot tomonidan kompensatsiya qilinadi. Kuchli 10 talikka kirgan ishtirokchilar Venaga borish uchun xorijga chiqish pasportini hozirlab qoʻyishi lozim.
Sovrinlar bilan batafsil BU YERDA tanishing.
Talablar:
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Istalgan davlat fuqarolari qatnasha oladi.
- 18-35 yosh oraligʻida boʻlish kerak (18 va 35 yoshlilar ham qatnasha oladi).
- Avval ham mazkur tanlovda qatnashgan boʻlsangiz, 1-10-oʻrinni egallamagan boʻlishingiz kerak (agar shu oʻrinlardan birini egallagan boʻlsangiz, qatnasha olmaysiz).
- Talaba yoki mutaxassis kategoriyasi boʻyicha har bir ishtirokchi faqat 1 ta esse topshira oladi. Ariza shaklida talaba ekaningiz yoki mutaxassis boʻlsangiz, kasbingiz nima ekani koʻrsatilishi kerak.
- Talaba kategoriyasi uchun: nomzod bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichi talabasi boʻlishi yoki endigina oʻqishni bitirib, ish imkoniyatini izlayotgan boʻlishi kerak. Sirtqi taʼlim asosida oʻqiyotganlar ham, kunduzgi/uzluksiz taʼlim asosida oʻqiyotganlar ham qatnashishi mumkin.
- Mutaxassis kategoriyasi uchun: nomzod quyidagi lavozim/vazifalarda ish olib borayotgan boʻlishi kerak:
– kishilar, loyihalar, budjetlar va / yoki jarayonlar boʻyicha boshqaruvchi (menejer);
– tadbirkor yoki firma/bisnes egasi;
– litsenziyaga ega mutaxassis;
– ijtimoiy koʻngilli yoki jamiyat yetakchisi.
Esse formatiga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Esse 1500 dan 3000 gacha soʻzdan iborat boʻlishi hamda PDF yoki Word fayl shaklda topshirilishi lozim (sahifa tagidagi izohlar va tasvirlardagi gaplar soʻzlar soniga qoʻshilmaydi).
- Ingliz tilida yozilishi kerak.
- Essening ichida hech qayerda ismingiz uchramasligi kerak.
- Esse aynan shu tanlov uchun yolgʻiz oʻzingiz tomoningizdan yozilgan boʻlishi (jamoa sifatida yozilmasligi) va hech qayerda nashr qilinmagan boʻlishi lozim.
- Esse toʻliq ishtirokchi tomonidan yozilgan boʻlishi kerak. Uni yozishda Chat-GPT yoki shu kabi boshqa vositalar yordamidan foydalanish taqiqlanadi. Bunday vositalar yordamida yozilgan ishlar tanlovdan chetlashtiriladi.
- Esse qabul tugaguncha topshirilishi lozim.
Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Hakamlar insholarni quyidagi mezonlar asosida baholaydi:
- Mavzu haqidagi shaxsiy qarashlaringiz va fikrlaringiz
- Hikoya qilish uslubingiz va ingliz tilida ravon muloqot qilish qobiliyatingiz
- Birlamchi va ikkilamchi manbalardan keltirilgan iqtiboslar va tadqiqotingiz va h.k.
Dasturga qabul jarayoni:
Esselar 2026-yil 20-aprelgacha qabul qilinadi. Esselarni topshirish uchun BU YERGA kirib kerakli maʼlumotlar kiritiladi va yozilgan insho PDF yoki Word fayl shaklda yuklanadi. Agar esseni onlayn tarzda yuklashda muammoga duch kelsangiz, uni onlayn arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan birga essay@druckerchallenge.org elektron manziliga yuboring.
Avvlgi tanlovlarda gʻolib boʻlgan esselar bilan tanishish uchun BU YERGA kiring va sahifa oxiridagi “ARCHIVE” boʻlimidan kerakli yilni tanlang.
Maʼlumot uchun: ushbu tanlovda 2025-yili oʻzbekistonlik ishtirokchi (Shamsikamar Sharipova) Mutaxassis kategoriyasi boʻyicha 9-oʻrinni egallagan. U yozgan esse bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.
MUHIM: Ishtirok etishga kirishishdan oldin koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.
Tanlov yuzasidan savollaringiz boʻlsa, contact@druckerchallenge.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.