×

Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 15 ta!


Grant

MUHLAT

31.05.2024

QOLGAN VAQT

37 kun

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

12692 marta

Anʼanaviy Peter Drucker Challenge esselar (insholar) tanlovining 2023-yilgi mavsumi eʼlon qilindi. Mazkur insholar tanlovi amerikalik olim, pedagog va iqtisodchi Peter Drukerga bagʻishlangan boʻlib, 14 yildan beri har yili oʻtkazib kelinmoqda. Peter Druker 20-asrdagi boshqaruv sohasi nazariyotchilarining eng yirik va taʼsirli vakillaridan biridir.

Insholar shaxsiy esse tarzida va ingliz tilida yozilishi kerak. Insholar shaxsiy hikoya sifatida ham yozilishi mumkin, lekin bunday hollarda inshodagi daʼvolar uchun dalil ham keltirilishi kerak. Tanlovda qatnashish bepul.

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:

  1. Talaba (Student) kategoriyasi.
  2. Mutaxassis (professional) kategoriyasi.

Bu yilgi tanlov mavzusi: “The next education: How a new generation must be equipped to lead a crazy world”.

Mavzu bilan toʻliq tanishish va inshoda mavzuga oid qanday savollarga javob berish kerakligi haqida BU YERDA batafsil tanishing.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshlar oraligʻidagi talaba yoki mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda har bir kategoriya boʻyicha gʻolib boʻlganlar quyidagicha mukofotlanadi:

1-oʻrinlar:

  • 2000 yevro pul mukofoti.
  • 16-bor oʻtkaziladigan Global Peter Drucker forumidagi taqdirlash marosimi va madaniy tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati (2024-yil, 14-15-noyabr kunlari Avstriya poytaxti Vena shahrida boʻlib oʻtadi).
  • Eng oʻziga xos insho uchun Special Recognition Award mukofotini yutib olish imkoniyati.
  • Reytingga ega sertifikat.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda Peter Drucker Challenge ishtirokchilar hamjamiyatiga qoʻshilish.
  • Harvard Business Review nashriga bir yillik toʻliq obuna.
  • Drucker nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarida gʻolib essesiga havola beriladi.
  • Gʻolibning Venadagi forumga borish va kelish uchun aviachiptasi, forum davomidagi turar joy xarajatlari tashkilot tomonidan kompensatsiya qilinadi.

2-oʻrinlar (Silver Award):

  • 1200 yevro pul mukofoti.
  • 1-bor oʻtkaziladigan Global Peter Drucker forumidagi taqdirlash marosimi va madaniy tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati (2024-yil, 14-15-noyabr kunlari Vena shahrida boʻlib oʻtadi).
  • Eng oʻziga xos insho uchun Special Recognition Award mukofotini yutib olish imkoniyati.
  • Reytingga ega sertifikat.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda Peter Drucker Challenge ishtirokchilar hamjamiyatiga qoʻshilish.
  • Harvard Business Review nashriga bir yillik toʻliq obuna.
  • Drucker nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarida gʻoliblar essesiga havola beriladi.
  • Gʻolibning Venadagi forumga borish va kelish uchun aviachiptasi, forum davomidagi turar joy xarajatlari tashkilot tomonidan kompensatsiya qilinadi.

3-oʻrinlar (Bronze Award):

  • 1000 yevro pul mukofoti.
  • 16-bor oʻtkaziladigan Global Peter Drucker forumidagi taqdirlash marosimi va madaniy tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati (2024-yil, 14-15-noyabr kunlari Vena shahrida boʻlib oʻtadi).
  • Eng oʻziga xos insho uchun Special Recognition Award mukofotini yutib olish imkoniyati.
  • Reytingga ega sertifikat.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda Peter Drucker Challenge ishtirokchilar hamjamiyatiga qoʻshilish.
  • Harvard Business Review nashriga bir yillik toʻliq obuna.
  • Drucker nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarida gʻoliblar essesiga havola beriladi.
  • Gʻolibning Venadagi forumga borish va kelish uchun aviachiptasi, forum davomidagi turar joy xarajatlari tashkilot tomonidan kompensatsiya qilinadi.

4-10-oʻrinlar:

  • 16-bor oʻtkaziladigan Global Peter Drucker forumidagi taqdirlash marosimi va madaniy tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati (2024-yiln, 14-15-noyabr kunlari Vena shahrida boʻlib oʻtadi).
  • Eng oʻziga xos insho uchun Special Recognition Award mukofotini yutib olish imkoniyati.
  • Reytingga ega sertifikat.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda Peter Drucker Challenge ishtirokchilar hamjamiyatiga qoʻshilish.
  • Harvard Business Review nashriga bir yillik toʻliq obuna.
  • Drucker nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarida gʻoliblar essesiga havola beriladi.
  • Gʻolibning Venadagi forumga borish va kelish uchun aviachiptasi, forum davomidagi turar joy xarajatlari tashkilot tomonidan kompensatsiya qilinadi.

11-15-oʻrinlar:

  • Agar baholashning 2-raundiga oʻtsangiz, lekin 10 nafar finalistlaridan biri sifatida tanlanmasangiz, 16-bor oʻtkaziladigan Global Peter Drucker forumidagi tadbirlarda ishtirok etishingiz mumkin. Biroq bunda safar va turar joy xarajatlarini oʻzingiz qoplashingiz kerak.
  • Eng oʻziga xos insho uchun Special Recognition Award mukofotini yutib olish imkoniyati.
  • Sertifikat.

Eslatma: gʻoliblar safar va turar joy xarajatlarini avval oʻzi qilishi kerak, bu xarajatlar keyin tashkilot tomonidan kompensatsiya qilinadi. Kuchli 10 talikka kirgan ishtirokchilar Venaga borish uchun xorijga chiqish pasportini hozirlab qoʻyishi lozim.

Sovrinlar bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Istalgan davlat fuqarolari qatnasha oladi.
  • 18-35 yosh oraligʻida boʻlish kerak (18 va 35 yoshlilar ham qatnasha oladi).
  • Avval ham mazkur tanlovda qatnashgan boʻlsangiz, 2010-yildan beri 1 martadan koʻp kuchli 10 likka kirmagan boʻlishingiz lozim.
  • Talaba yoki mutaxassis kategoriyasi boʻyicha har bir ishtirokchi faqat 1 ta esse topshira oladi. Ariza shaklida talaba ekaningiz yoki mutaxassis boʻlsangiz, kasbingiz nima ekani koʻrsatilishi kerak.
  • Talaba kategoriyasi uchun: nomzod bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichi talabasi boʻlishi yoki endigina oʻqishni bitirib, ish imkoniyatini izlayotgan boʻlishi kerak. Sirtqi taʼlim asosida oʻqiyotganlar ham, kunduzgi/uzluksiz taʼlim asosida oʻqiyotganlar ham qatnashishi mumkin.
  • Mutaxassis kategoriyasi uchun: nomzod quyidagi lavozim/vazifalarda ish olib borayotgan boʻlishi kerak:
    – kishilar, loyihalar, budjetlar va / yoki jarayonlar boʻyicha boshqaruvchi (menejer);
    – tadbirkor yoki firma/bisnes egasi;
    – litsenziyaga ega mutaxassis;
    – ijtimoiy koʻngilli yoki jamiyat yetakchisi.

Esse formatiga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Esse 1500 dan 3000 gacha soʻzdan iborat boʻlishi hamda PDF yoki Word fayl shaklda topshirilishi lozim (sahifa tagidagi izohlar va tasvirlardagi gaplar soʻzlar soniga qoʻshilmaydi).
  • Shrifti 12 boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilida yozilishi kerak.
  • Essening ichida hech qayerda ismingiz uchramasligi kerak.
  • Esse aynan shu tanlov uchun yolgʻiz oʻzingiz tomoningizdan yozilgan boʻlishi (jamoa sifatida yozilmasligi) va hech qayerda nashr qilinmagan boʻlishi lozim.
  • Esse toʻliq ishtirokchi tomonidan yozilgan boʻlishi kerak. Uni yozishda Chat-GPT yoki shu kabi boshqa vositalar yordamidan foydalanish taqiqlanadi. Bunday vositalar yordamida yozilgan ishlar tanlovdan chetlashtiriladi.
  • Esse 2024-yil 31-may, Oʻzbekiston vaqti bilan 13:00 gacha topshirilishi lozim.

Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Hakamlar insholarni quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

  • Mavzu haqidagi shaxsiy qarashlaringiz va fikrlaringiz
  • Hikoya qilish uslubingiz va ingliz tilida ravon muloqot qilish qobiliyatingiz
  • Birlamchi va ikkilamchi manbalardan keltirilgan iqtiboslar va tadqiqotingiz
  • Peter Druker kitoblari va maqolalaridan olinishi mumkin boʻlgan xulosalaringiz

Dasturga qabul jarayoni:

Esselar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 31-may, soat 13:00 gacha (Oʻzbekiston vaqti bilan) qabul qilinadi. Esselarni topshirish uchun BU YERGA  kirib kerakli maʼlumotlar kiritiladi va yozilgan insho PDF yoki Word fayl shaklda yuklanadi. Agar esseni onlayn tarzda yuklashda muammoga duch kelsangiz, uni onlayn arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan birga essay@druckerchallenge.org elektron manziliga yuboring.

Avvlgi tanlovlarda gʻolib boʻlgan esselar bilan tanishish uchun BU YERGA kiring va sahifa oxiridagi “ARCHIVE” boʻlimidan kerakli yilni tanlang.

MUHIM: Ishtirok etishga kirishishdan oldin tanlovning qoʻllanmasi va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.

Tanlov yuzasidan savollaringiz boʻlsa, contact@druckerchallenge.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!