×

PGR International Studentships: Britaniyada magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant, yillik 17600 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2938 marta

Londondagi Kingʻs College London oliygohi 2022-yili iyun oyida magistratura va PhD (MPhil/PhD) kurslarida oʻqishini boshlaydigan xorijlik talabalarga PGR International Studentships 2021/22 dasturini taklif etmoqda. Grant xorij oliy oʻquv yurtlari/ilmiy izlanish institutlarining iqtidorli, yuqori potensialli va intiluvchan tadqiqotchilari uchun beriladi. Dastur doirasida 9 nafar tadqiqotchiga quyidagi yoʻnalishlarda izlanish olib borish uchun grantlar ajratiladi:

  • Life Sciences & Medicine
  • Psychiatry, Psychology & Neuroscience
  • Natural & Mathematical Sciences
  • Nursing, Midwifery & Palliative Care
  • Dentistry, Oral & Craniofacial Sciences

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

PGR International Studentships dasturi gʻoliblari butun MPhil/PhD kursi davomida (4 yilgacha) quyidagicha imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Oʻqish toʻlovi 100 foiz toʻlab beriladi.
  • Yiliga 17 609 funt-sterling (taxminan 24 300 AQSh dollar) miqdorida stipendiya ajratiladi.
  • Tadqiqot olib borish uchun yiliga 5000 funt-sterlinggacha (taxminan 6900 AQSh dollar) miqdoridagi mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod Kingʻs College London oliygohining yuqorida keltirilgan yoʻnalishlaridan biriga 2021-yil 1-oktyabrgacha hujjat topshirishi kerak.
  3. Nomzod univesitetning qabul xatini 2022-yil 31-yanvardan kechiktirmasdan olishi va tasdiqlashi kerak.
  4. Nomzod oliygohdagi oʻqishini 2022-yil iyundan boshlashi kerak.
  5. Nomzod oʻzi tanlagan yoʻnalish talablariga javob berishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  7. Nomzod oʻzida kuchli iqtidor, yuqori potensial va sohaga boʻlgan kuchli qiziqish namoyon etishi zarur.
  8. Nomzod tadqiqot olib borish uchun yetarli bilim, tajriba va imliy salohiyatga ega boʻlishi kerak.
  9. Onlayn kurslar uchun grantlar ajratilmaydi.
  10. Oldin Kingʻs College London oliygohining PhD kursida oʻqigan nomzodlar grantga ariza bera olmaydilar.

Grant shartlari bilan shu yerda. batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Kingʻs Websiteʼda kerakli yoʻnalish tanlanadi.
  2. Tanlangan MPhil/PhD kursiga 2021-yil 1-oktyabrgacha onlayn ariza topshiriladi.
  3. Arizaning “Funding” boʻlimiga “2122-INTCDS” kodi kiritiladi.
  4. PGR International Studentships 2021-22 Form shakli toʻldiriladi va arizadagi “Funding” boʻlimiga yuklanadi: File Upload > Document Category > Sponsorship Document yoki Other.
  5. Barcha kerakli hujjatlar yuklanadi.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Onlayn ariza (oliygohga) – tanlangan kurs boʻyicha topshiriladi.
  2. Barcha taʼlim bosqichlari diplomlari.
  3. Baholardan koʻchirma.
  4. Shaxsiy bayonot.
  5. Tadqiqot rejasi.
  6. Tavsiyanoma.
  7. Til sertifikati (IELTS kamida 7.0 ball)

Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi zarur.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va savol-javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun:

Tel. +44 (0)20 7836 5454
E-mail: doctoralstudies@kcl.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!