×

Buyuk Britaniya: Doktorantura uchun yillik 20000 funt sterling stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

08.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2100 marta

University Alliance – unga a’zo hisoblangan 15 ta Buyuk Britaniya universitetlaridagi ta’lim sifatini oshirish uchun turli dasturlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan tashkilotdir. Hozirda shu tashkilot tomonidan tashkillashtirilayotgan Doctoral Training Alliance (DTA) hamkorlik dasturi ham unga hamkor universitetlar va shu universitetlarda tadqiqot olib borishni reja qilayotgan yosh olimlar uchun ajoyib imkoniyat. Dastur yosh tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unga ko’ra tadqiqotchi quyidagi universitetladan biridagi PhD kursiga o’qishga hamda ishga qabul qilinadi va u o’zi tanlagan mavzuda o’qish davomida tadqiqot olib boradi:

  1. University of Brighton
  2. Coventry University
  3. University of Central Lancashire
  4. University of Greenwich
  5. University of Hertfordshire
  6. University of Huddersfield
  7. Liverpool John Moores University
  8. Manchester Metropolitan University
  9. Nottingham Trent University
  10. The Open University
  11. University of Portsmouth
  12. Sheffield Hallam University
  13. University of South Wales
  14. Teesside University
  15. Ulster University

Tadqiqotchi uch xil umumiy yo’nalishdan biri qamrovidagi mavzuda tadqiqot olib borishi mumkin, bu mavzular: Applied Biosciences for Health, Energy va Social Policy. Hozir ham dasturga ariza topshirish uchun qabul ochiq.

Grant kimlar uchun?

doktoranturada o'qishni va tadqiqot qilishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

DTA dasturiga qabul qilingan tadqiqotchi o’zi o’qishga kirgan universitetda o’qish va ishga kirgan OTM tomonidan kamida 20989 funt sterling miqdoridagi yillik maosh bilan ta’minlanadi. Undan tashqari, uning sug’urta xarajatlari ham qoplanib, turli qo’shimcha moddiy ta’minotlar ham ajratilishi mumkin.

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar tanlab olinadilar:

  1. Nomzod o’zining tadqiqotchi sifatidagi faoliyatini boshlaganiga 4 yildan oshmagan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod so’nggi uch yil ichida Buyuk Britaniyada birdaniga 12 oydan ko’p vaqt yashamagan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod dastur doirasida o’zi ishga kirmoqchi bo’layotgan joyda hozir ishlayotgan bo’lishi mumkin emas.
  4. Nomzod tadqiqotga juda qiziqishi va motivatsiyasi ham kuchli bo’lishi kerak.
  5. Nomzodning ingliz tilini bilish darajasi O’zi tanlagan universitet talabiga mos bo’lishi kerak.
  6. PhD darajasiga ega nomzodlar dasturga qabul qilinmaydi.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. talab qilinadigan minimal IELTS darajasi loyihaning o’ziga qarab belgilanadi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun hujjat topshirmoqchi bo’lsangiz, oldin mavzular bilan, ya’ni tadqiqot olib borish mumkin bo’lgan yo’nalishlar bilan tanishib chiqishingiz kerak. Eslatib o’tamiz, uchta umumiy yo’nalishga kiradigan mavzulardan uchtagacha mavzu tanlash mumkin.

Hujjat topshirish uchun onlayn ariza to’ldirish zarur. Arizani to’ldirishda sizga yo’riqnoma yordam beradi, siz ariza berayotgan ish haqidagi batafsil ma’lumotni esa bu yerdan ko’rishingiz mumkin. Onlayn ariza to’ldirayotganda sizdan uchtagacha tavsiyachi haqidagi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish so’raladi:

  1. Tavsiyachining ismi
  2. Elektron pochta manzili
  3. Uy manzili va u ishlaydigan universitet nomi
  4. Telefon raqami
  5. Siz va uning qanday tanish ekanligingiz
  6. Uni qanchadan beri tanishingiz

Nomzod arizasini topshirgach, universitet tomonida suhbatga taklif qilinadi. Natijalar taxminan 17-dekabrda e’lon qilinadi, o’qish esa 2019-yil 1-aprelda boshlanadi.

Ma’lumot uchun  dta3@unialliance.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblarni ko’rib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!