×

Photos 4 Humanity: tanlovda qatnashing va 5000 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

31.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

5245 marta

Professional va havaskor suratkashlar uchun Photography 4 Humanity fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga inson huquqlari inqirozi zonalarida yashayotgan insonlar duch kelayotgan muammolar haqida hikoya qiluvchi ta’sirli fotosuratlar va o’z mintaqalarida inson huquqlarining poymol bo’lishi muammosiga yechim topishda harakat qilayotgan qahramonlar tasvirlangan umidli fotosuratlarni taqdim etish mumkin. Ushbu tanlovdan maqsad inson huquqlari masalalarini oldinga surish va iqtidorli suratkashlarni taqdirlash.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’olibi 5000 AQSh dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Undan tashqari, tanlovda g’olib chiqqan hamda eng yaxshi 10 fotosurat BMT’ning Nyu Yorkdagi ofisida ko’rgazmaga taqdim etiladi. Asosiy mukofotlardan tashqari, tanlov g’olibi  va 10 nafar eng yaxshi fotosurat mualliflari o’z nomlarini BMT tomonidan tanitish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish qoidalari:

  1. Nomzodning yoshi 18 dan kichik bo’lmasligi kerak.
  2. Tanlovga taqdim etilgan barcha fotosuratlar jasorat, umidsizlik, umid, adolatsizlik, nafrat, rahm-shafqat, inson huquqlari buzilishlari yoki g’alabalarini aks ettiruvchi inson huquqlari masalalariga tegishli bo’lishi kerak.
  3. Taqdim etilgan har bir fotosuratning sarlavhasi, sanasi, joylashgan joyi, tavsifi va suratkashning nomi ko’rsatilishi kerak.
  4. Barcha fotosuratlar 2019 yil 1 sentyabrdan 2020 yil 31 avgustgacha olingan bo’lishi
  5. Tanlovga bir ishtirokchi 5 tagacha surat taqdim etishi mumkin. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 31-avgustgacha bu yerda qabul qilinadi. Tanlovga fotosuratlar taqdim etish uchun ro’yxatdan o’tish zarur.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!