Xitoyda joylashgan Peking University va Avstriyada joylashgan International Institute for Applied Systems Analysis tadqiqot muassasalari tomonidan tashkil etilgan The Peking University (PKU) – IIASA Postdoctoral Program postdoktor tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Tadqiqot dasturi PhD diplomini oxirgi 5 yil ichida olgan yosh olimlar uchun mo’ljallangan.
Dastur PKU va IIASA tadqiqot muassasalarida olib boriladigan tadqiqot yo’nalishlariga mos mavzularda tadqiqot olib borish istagidagi olim va tadqiqotchilarni qabul qiladi. Tadqiqot 2 yil davom etib, bir yili PKU’da (Xitoy), bir yili IIASA’da (Avstriya) olib boriladi.
Dastur PKU va IIASA tadqiqot yo’nalishlari, masalan, ilg’or metodologiya, texnologik, iqtisodiy va atrof-muhit muammolari (ifloslanish va xatarlarni tahlil qilish mavzulari ham kiradi), energiya, ekologiya va ekotizimlarni boshqarish va tabiiy resurslar (suv haqidagi mavzular ham kiradi) kabi mavzularda tadqiqot qilish imkonini beradi. Tadqiqotchilar PKU va IIASA muassasalarida yuqori bilim va malakaga ega mutaxassis va olimlar bilan birga ishlaydilar.
Grant kimlar uchun?
PhD darajasiga ega tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilarga tadqiqot va yashash xarajatlari qoplash uchun to’liq grant beriladi. Grantga qabul 2-martdan ochiladi, beriladigan grant miqdori arizalar qabuli boshlanganda batafsil e’lon qilinadi.
Talablar:
- Nomzod 1989-yil yoki undan keyin tug’ilgan bo’lishi kerak.
- Nomzod PhD diplomini olganiga 5 yildan oshmagan bo’lishi kerak.
- Nomzod PKU’dan bitta, IIASA’dan bitta tadqiqotchi bilan kelishib, ilmiy rahbarlik uchun rozilik (taklifnoma) olishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod tanlagan tadqiqot mavzusi ham PKU, ham IIASA tadqiqot yo’nalishlariga mos bo’lishi kerak.
- IIASA laboratoriya tadqiqotlari olib bormaydi va u yerda laboratoriyalar yo’q. Dasturga laboratoriya ishiga asoslangan tadqiqot olib borish niyatidagi tadqiqotchilar qabul qilinmaydi.
- Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilar tadqiqot vaqtida IIASA’da bo’lishi kerak (PKU’ning bu masaladagi shartlarini rasmiy saytdan topishingiz mumkin). Boshqa hudud yoki muassasalarda olib borilishi kerak bo’lgan tadqiqotlar uchun grant berilmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar 2021-yil 2-mart kunidan boshlab qabul qilinadi. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 30-aprel. Natijalar iyun oyida e’lon qilinadi.
Hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlar tayyorlanib, ariza to’ldirilib, barchasi bitta PDF hujjatga jamlanishi kerak. Ariza hujjatlari jamlangan PDF hujjatni esa quyidagi 4 nafar kordinatorning barchasiga 30-aprelgacha yuboring:
Mr. Fan Deshang (PKU General and Scientific Queries)
Director of Postdoctoral Affairs Office
Peking University (PKU)
E-mail address: boguanban@pku.edu.cn
Ms. Xu Qian (PKU General Queries)
Postdoc Coordinator
Peking University (PKU)
Tel:+86-10-62751229
E-mail address: xqian@pku.edu.cn
Ms. Aleksandra Cofala (IIASA General Queries)
Postdoc Coordinator
IIASA
E-mail address: pdoc.info@iiasa.ac.at
Ms. Gui-Ying Cao (IIASA Scientific Queries)
Senior Research Scholar
Exploratory and Special Projects
IIASA
E-mail address: cao@iiasa.ac.at
Hozir arizalar qabuli yopiq. 2-martda qabul ochilganda ariza shakli va to’ldirilishi kerak bo’lgan hujjatlar rasmiy saytga yuklanadi. Bu vaqtga qadar tadqiqot taklifi tayyorlash va mavjud tadqiqot mavzulari bilan tanishib chiqish zarur.
Murojaat uchun: cofaleks@iiasa.ac.at, boguanban@pku.edu.cn.