The World Academy of Sciences va Pokistonning The International Centre for Chemical and Biological Sciences (ICCBS) tashkiloti TWAS-ICCBS Postgraduate Fellowship Programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur olti oydan to`rt yilgacha muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar Pokistonning International Center for Chemical and Biological Sciences tashkilotida tibbiyot bo`yicha tadqiqotlar olib borish imkoniyatini qo`lga kiritadilar. Grantga nomzod MSc darajasiga ega bo`lishi yoki o`z yurtida PhD dissertatsiyasi ustida ishlayotgan bo`lishi kerak.
Grant quyidagi sohalar vakillariga beriladi:
- 01-Agricultural Sciences
- 02-Structural, Cell and Molecular Biology
- 03-Biological Systems and Organisms
- 04-Medical and Health Sciences incl. Neurosciences
- 05-Chemical Sciences.
Grant kimlar uchun?
Magistratura yoki PhD bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
TWAS-ICCBS Postgraduate Fellowship Programme dasturi grantini yutib olgan nomzodga 6 oydan 4 yilgacha har oyda stipendiya beriladi. Nomzodning yashash, ovqatlanish, tibbiy sug`urta, transport sarflari kabi barcha xarajatlari qoplab beriladi.
Grant nomzodning oila a’zolari uchun xarajatlarni qoplamaydi. Ularni nomzodning o`zi to`lashi kerak bo`ladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Pokistondan boshqa barcha rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi (O`zbekiston ro`yxatda bor).
- Nomzod o`z yurtida doktorlok darajasini olish uchun ro`yxatda turishi kerak (SANDWICH opsiyasi).
- Nomzod tabiiy fanlar bo`yicha kamida magistr (MSc) darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod 35 yoshgacha bo`lishi kerak.
- Pokiston va boshqa rivojlangan davlatlar vizasiga ega bo`lgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
- Nomzod sog`lom bo`lishi kerak. Malakali shifokordan olingan tibbiy ma’lumot talab qilinadi.
- Nomzod o`z yurtidagi doktorantura bo`limida ro`yxatda turgan oliygohdan olingan «Registration and No Objection Certificate»ni taqdim etishi kerak.
- Nomzod o`qish tugagandan keyin o`z yurtiga qaytib ketishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
- Nomzod grant olayotgan vaqtda boshqa yerda ishlamasligi kerak.
Talablar va ta’qiqlar haqidagi barcha ma’lumot: SHU YERDA.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga hujjat topshirish 2020-yil 1-iyungacha amalga oshiriladi. Hujjatlar onlayn tarzda taqdim etiladi.
Hujjatlar tarkibi:
- Onlayn tarzda ariza.
- Nomzod ICCBS rahbari yoki bo`lim boshlig`idan olingan official Acceptance Letterni topshirishi lozim. Qabul uchun ICCBS direktori Prof. M.I. Choudharyga hej@cyber.net.pk, pcmd@cyber.net.pk yoki protocol.iccbs@iccs.edu manzili orqali murojaat qilinadi. Xatni olish uchun quyidagi hujjatlat topshiriladi:
- preliminary acceptance letter uchun so`rov;
- CV/rezyume.
- research proposal outline;
- 2 ta tavsiyanoma.
- Ingliz tili sertifikati. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi aniq ko`rsatilmagan. Odatda IELTS 7,0 talab qilinadi. Aniq ma’lumot uchun maqola so`ngida berilgan manzillardan biriga murojaat qiling.
- Reference letters. Rasmiy blankda, muhr qo`yilgan holda topshiriladi.
- Magistr diplomi nusxasi.
- Tibbiy ma’lumotnoma.
- Qo`shimcha hujjatlar so`ralishi mumkin, hujjatlar tarkibini aniqlash uchun fellowships@twas.org manziliga yoki hej@cyber.net.pk , pcmd@cyber.net.pk ,protocol.iccbs@iccs.edupochtalariga murojaat qiling.
Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi kerak. Boshqa tillarda yozilgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilib, rasmiy hujjatlarni notarial tasdiqlatib, keyin jo`natish kerak. Savollar tug`ilganda maqola oxirida berilgan manzillarga murojaat qiling.
Nomzodlar tadqiqot loyihasining dolzarbligi, til bilish darajasi, akademik ko`rsatkichlari, ilmiy salohiyati, mutaxassislikk doir bilim va tajribasiga asosan saralanadi.
Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tez fursatda xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun:
Contact Details
• TWAS Fellowships Office
ICTP campus, Strada Costiera 11
34151 Trieste, Italy
Tel: +39 040 2240 687
Fax: +39 040 2240689
E-mail: fellowships@twas.org
• International Center for Chemical and Biological Sciences (ICCBS)
Prof. Dr. Muhammad Iqbal Choudhary, Director
University of Karachi
Karachi-75270, Pakistan
Tel: +92 21 4824 924, 4824 925
Fax: +92 21 4819 018, 4819 019
E-mail: hej@cyber.net.pk, pcmd@cyber.net.pk, protocol.iccbs@iccs.edu