×

Pokiston: magistratura va PhD uchun to’liq grant; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Pokiston

O'QILGAN

2503 marta

The World Academy of Sciences va Pokistonning The International Centre for Chemical and Biological Sciences (ICCBS) tashkiloti TWAS-ICCBS Postgraduate Fellowship Programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur olti oydan to`rt yilgacha muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar Pokistonning International Center for Chemical and Biological Sciences tashkilotida tibbiyot bo`yicha tadqiqotlar olib borish imkoniyatini qo`lga kiritadilar. Grantga nomzod MSc darajasiga ega bo`lishi yoki o`z yurtida PhD dissertatsiyasi ustida ishlayotgan bo`lishi kerak.

Grant quyidagi sohalar vakillariga beriladi:

  • 01-Agricultural Sciences
  • 02-Structural, Cell and Molecular Biology
  • 03-Biological Systems and Organisms
  • 04-Medical and Health Sciences incl. Neurosciences
  • 05-Chemical Sciences.

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki PhD bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

TWAS-ICCBS Postgraduate Fellowship Programme dasturi grantini yutib olgan nomzodga 6 oydan 4 yilgacha har oyda stipendiya beriladi. Nomzodning yashash, ovqatlanish, tibbiy sug`urta, transport sarflari kabi barcha xarajatlari qoplab beriladi.

Grant nomzodning oila a’zolari uchun xarajatlarni qoplamaydi. Ularni nomzodning o`zi to`lashi kerak bo`ladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Pokistondan boshqa barcha rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi (O`zbekiston ro`yxatda bor).
  • Nomzod o`z yurtida doktorlok darajasini olish uchun ro`yxatda turishi kerak (SANDWICH opsiyasi).
  • Nomzod tabiiy fanlar bo`yicha kamida magistr (MSc) darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod 35 yoshgacha bo`lishi kerak.
  • Pokiston va boshqa rivojlangan davlatlar vizasiga ega bo`lgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
  • Nomzod sog`lom bo`lishi kerak. Malakali shifokordan olingan tibbiy ma’lumot talab qilinadi.
  • Nomzod o`z yurtidagi doktorantura bo`limida ro`yxatda turgan oliygohdan olingan «Registration and No Objection Certificate»ni taqdim etishi kerak.
  • Nomzod o`qish tugagandan keyin o`z yurtiga qaytib ketishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  • Nomzod grant olayotgan vaqtda boshqa yerda ishlamasligi kerak.

Talablar va ta’qiqlar haqidagi barcha ma’lumot: SHU YERDA.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish 2020-yil 1-iyungacha amalga oshiriladi. Hujjatlar onlayn tarzda taqdim etiladi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn tarzda ariza.
  2. Nomzod ICCBS rahbari yoki bo`lim boshlig`idan olingan official Acceptance Letterni topshirishi lozim. Qabul uchun ICCBS direktori Prof. M.I. Choudharyga hej@cyber.net.pk, pcmd@cyber.net.pk yoki protocol.iccbs@iccs.edu manzili orqali murojaat qilinadi. Xatni olish uchun quyidagi hujjatlat topshiriladi:
  • preliminary acceptance letter uchun so`rov;
  • CV/rezyume.
  • research proposal outline;
  • 2 ta tavsiyanoma.
  1. Ingliz tili sertifikati. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi aniq ko`rsatilmagan. Odatda IELTS 7,0 talab qilinadi. Aniq ma’lumot uchun maqola so`ngida berilgan manzillardan biriga murojaat qiling.
  2. Reference letters. Rasmiy blankda, muhr qo`yilgan holda topshiriladi.
  3. Magistr diplomi nusxasi.
  4. Tibbiy ma’lumotnoma.
  5. Qo`shimcha hujjatlar so`ralishi mumkin, hujjatlar tarkibini aniqlash uchun fellowships@twas.org manziliga yoki hej@cyber.net.pk , pcmd@cyber.net.pk ,protocol.iccbs@iccs.edupochtalariga murojaat qiling.

Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi kerak. Boshqa tillarda yozilgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilib, rasmiy hujjatlarni notarial tasdiqlatib, keyin jo`natish kerak. Savollar tug`ilganda maqola oxirida berilgan manzillarga murojaat qiling.

Nomzodlar tadqiqot loyihasining dolzarbligi, til bilish darajasi, akademik ko`rsatkichlari, ilmiy salohiyati, mutaxassislikk doir bilim va tajribasiga asosan saralanadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tez fursatda xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun:

Contact Details

• TWAS Fellowships Office
ICTP campus, Strada Costiera 11
34151 Trieste, Italy
Tel: +39 040 2240 687
Fax: +39 040 2240689
E-mail: fellowships@twas.org

• International Center for Chemical and Biological Sciences (ICCBS)
Prof. Dr. Muhammad Iqbal Choudhary, Director
University of Karachi
Karachi-75270, Pakistan
Tel: +92 21 4824 924, 4824 925
Fax: +92 21 4819 018, 4819 019
E-mail: hej@cyber.net.pkpcmd@cyber.net.pkprotocol.iccbs@iccs.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!