×

Pokiston va Oʻzbekiston diplomatik aloqalarining 30 yilligi munosabati bilan insholar tanlovi!


Grant

MUHLAT

06.08.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4047 marta

Pokiston mustaqilligiga 75 yil boʻlgani hamda Pokiston va Oʻzbekiston diplomatik aloqalarining 30 yilligi munosabati bilan Toshkentdagi Pokiston elchixonasi insholar tanlovini oʻtkazmoqda. Topshiriladigan insholar oʻzbek tilida boʻlishi va quyidagi mavzuda yozilishi kerak: “Pokistonning kashf etilishi: tinchlik, farovonlik va aloqalar mamlakati”.

Grant kimlar uchun?

20 yoshgacha boʻlgan barcha oʻzbek talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1- va 2-oʻrin sohiblari smartfon va maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
  • 3-, 4- va 5-oʻrinlar sertifikat bilan taqdirlanadi.
  • Gʻoliblar va yuqori oʻrin sohiblari 2022-yil 14-avgust kuni Pokiston elchixonasi tomonidan oʻtkaziladigan bazmga taklif etiladi hamda sovgʻalar elchi tomonidan taqdim etiladi.

Talablar:

Tanlovga qatnashish talablari va shartlari quyidagicha:

  • Insholar “Pokistonning kashf etilishi-tinchlik, farovonlik va aloqalar zamini” mavzusida yozilishi kerak.
  • Insho oʻzbek tilida, MS-Word formatida, Arial shriftda, 12 satr oraligʻi bilan 1,5 oʻlchamda yozilishi lozim.
  • 20 yoshgacha boʻlgan (20 yoshlilar ham) barcha oʻzbek talabalari qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar insho oxirida Biomaʼlumotlarni (ilova-A) taqdim etishlari talab etiladi.
  • Insho 3500-4000 soʻz doirasida boʻlishi kerak.
  • Foydalanilgan har qanday manba insho oxirida koʻrsatilishi kerak.
  • Insho asl ish (original) boʻlishi lozim. Barcha insholar plagiat yuzasidan tekshiriladi.
  • Har bir insho bitta talaba tomonidan yozilishi kerak. Bir nechta talaba tomonidan yozilgan insho koʻrib chiqilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholarni taqdim etishning oxirgi sanasi – 2022-yil 5-avgust. Belgilangan talablar asosida yozilgan insholar pakistanintashkent@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi lozim. Insho oxirida talabalar A ilovada soʻralgan biomaʼlumotlarini ham kiritishi lozim. Ilovani BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.

Insholar tanlovining natijasi eʼlon qilish va mukofotlarni taqdim etish marosimi 2022-yil 14-avgustda Pokistonning Toshkentdagi elchixonasida boʻlib oʻtadi.

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin tanlov qoʻllanmasi bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!