×

Pokiston: talaba va o’quvchilar uchun xalqaro sammit


Grant

MUHLAT

10.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Pokiston

O'QILGAN

2820 marta

Pokistonning Lahore Menejment Fanlari Universiteti Osiyodagi eng yaxshi deb topilgan 25 oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Shu yilning 23-27-dekabr kunlari shu universitetda o’tkaziladigan Young Leader’s and Entrepreneur’s Summit yoshlar sammitiga ayni vaqtda arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu sammit Pokiston va dunyoning boshqa davlatlaridan bo’lgan biznesga qiziquvchi iqtidorli yoshlar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda talabalar va o’quvchilar o’z g’oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Sammitdan maqsad kelajak yetakchilarini tayyorlash, iqtidorli bo’lajak tadbirkor va yetakchilarga bir-birlari bilan ko’rishish, muhim trening va baxslarda qatnashish hamda o’z g’oyalarini rivolantirishga yordam berish. Bu yilgi sammitga taxminan 1000 nafar ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Talabalar va o’quvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yoshlar sammitida ishtirok etish qatnashchiga Pokiston madaniyati, xalqi va yoshlari bilan tanishish, fikrlarini o’rtoqlashish, biznes sohasidagi muhim trening, seminar va munozaralar orqali bilimlarini oshirish imkoniyatini beradi.

Sammitda ishtirok etish pulli, to’lovlar quyidagicha:

  1. Ro’yxatdan o’tish to’lovi – RS 4000 (taxminan 55 AQSh dollari).
  2. Sammitda ishtirok etish to’lovi – RS 5500 (taxminan 75 AQSh dollari).
  3. Universitet yotoqxonasida 4 kecha uchun turar joy to’lovi – RS 3000 (taxminan 40 AQSh dollari).
  4. Sammitga talaba yoki o’quvchilar bilan ularning o’qituvchisi ham borishi mumkin, ular uchun boshqa yerda turar joy tashkillashtirib beriladi va 5 kecha uchun turar joy narxi RS 30400 (taxminan 414 AQSh dollari) ni tashkil etadi.

Talablar:

Sammitda ingliz tilini biladigan barcha talabalar, kollej, litsey va yuqori sinf o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar sammitning barcha mashg’ulotlarida ishtirok etish imkoniga ega bo’lishlari zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Sammitda 5 kishilik guruh sifatida ishtirok etish mumkin. Bunda guruhning har bir a’zosining o’z vazifasi bo’ladi, ular quyidagicha:

Birinchi a’zo – boshqaruvchi direktor.

Ikkinchi a’zo – moliyaviy direktor.

Uchinchi a’zo – marketing bo’yicha direktor.

To’rtinchi a’zo – Operatsion direktor.

Beshinchi a’zo – Kommunikatsion direktor.

Sammitga arizalar onlayn tarzda bu yerda qabul qilinadi. Arizalar  qabul qilingach, guruhlardan boshqa ba’zi hujjatlarni taqdim etish so’raladi.

Ma’lumot uchun register.les@gmail.com elektron manziliga yoki +92 336 2714277 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!