×

Pokistonda xarajatlar toʻliq qoplanadigan 52 haftalik stajirovka dasturi; oylik stipendiya – 1 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

29.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Pokiston

O'QILGAN

1272 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti hamda Pokistonning Karachi shahrida joylashgan Alkaram Textiles korxonasi dizayn va marketing mutaxassislarini 52 haftalik Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Nomzod Alkaram’s Marketing Departmentda Product Development Executive (Ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi) vazifasini bajaradi, ya’ni mijozlar/haridorlar taklif etayotgan yangi dizayn, mahsulotlarni qabul qilib oladi. Ularni tikuvchi va dizaynerlar bilan kelishgan holda ishlab chiqarishga tadbiq qiladi. Dasturda qatnashuvchilar tekstil sohasida ish olib borishlari kutilmoqda. Dastur 2019-yil 1-iyun va 2020-yil 5-iyul oraligʻida 52 hafta davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Dizayn va marketing mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodga 52 hafta davomida bepul turar joy, oziq-ovqat, ish jihozlari ajratiladi va oylik 1 000 AQSh dollar stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • 18 dan 30 yoshgacha nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod dizayn/marketing boʻyicha mutaxassis boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Alkaram’s Marketing Departmentda mijozlar bilan ishlaydi. Shu sababli u menejment, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, buyurtmalarni oʻz vaqtda ishlab chiqarishga tadbiq etish, yangi mahsulotlarni tanlash va ularning dizaynlarini tasdiqlash, guruhda ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod savdo-sotiq ishlari boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlish kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 29-iyungacha. Hujjat topshirish uchun ariza onlayn tarzda toʻldirilishi lozim. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.

Hujjatlar tarkibi:

Onlayn toʻldirilgan ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilib tizimga yuklanadi:

  • Pasport nusxasi.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi. Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati.

Barcha hujjatlar tizimga yuklanadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda  tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Pokistondagi vakili: zahra.khan@aiesec.net manzilidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat yoki zahra.khan@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!