Italiyada joylashgan Politecnico di Torino (Turin politexnika universiteti) 2021-22 oʻquv yilida boshlanadigan magistratura kurslari uchun TOPoliTO Scholarships Scholarships for International Students grant dasturini taklif etmoqda. Dastur doirasida Master of Science darajasi boʻyicha Engineering yoʻnalishi uchun 6 nafar, Architecture yoʻnalishi uchun 4 nafar chet ellik talabaga stipendiya ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant doirasida jami 10 nafar talabaga ikki yillik magistratura kursi uchun yiliga 8 000 yevro miqdoridagi grant ajratiladi. Grant shartlari bajarilganida grant ikkinchi yil uchun ham uzaytirilishi mumkin.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod chet el fuqarosi boʻlishi kerak.
- Nomzod oliygohning engineering yoki architecture yoʻnalishlaridan biri boʻyicha 2021-22 oʻquv yilida boshlanadigan magistratura kursiga qabul qilinishi kerak.
- Nomzod oliygohning qabul talablariga javob berishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS 5.5/TOEFL 72 ball yoki undan baland).
- Nomzod GRE sertifikatiga ega boʻlishi kerak (Verbal Reasoning: 156/170, Quantitative Reasoning: 157/170, Analytical Writing: 3,5/6).
- Nomzod oʻzi oʻqimoqchi boʻlgan soha boʻyicha bakalavr yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod bakalavr darajasini Italiyadan tashqarida olgan boʻlishi kerak.
- Nomzod mazkur grant bilan bir vaqtda boshqa stipendiya/moddiy yordam dasturlarida qatnasha olmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
TOPoliTO Scholarships Scholarships for International Students grantiga ariza topshirish uchun talaba tegishli magistratura kursiga qabul qilingan boʻlishi / qabul qilinishi kerak.
Grant dasturida qatnashish uchun ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Apply@Polito onlayn ariza portalidan ““I wish to apply to TOPoliTO scholarships Master of Science programs A.Y. 2021/22” tugmasi belgiladi.
- “GRE” boʻlimiga GRE testi natijalati kiritiladi.
- “Attachments” boʻlimiga GRE sertifikati yuklanadi.
- “Save and Submit” boʻlimida ariza saqlanadi va joʻnatiladi.
Kerakli hujjatlar:
- Onlayn ariza.
- Bakalavr diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- GRE sertifikati (Verbal Reasoning: 156/170, Quantitative Reasoning: 157/170, Analytical Writing: 3,5/6).
Muhim sanalar:
- 29-iyun: grantga ariza qabul qilish toʻxtatiladi.
- 6-iyul: saralash bosqichi natijalari eʼlon qilinadi.
- 13-iyul: yakuniy natijalar eʼlon qilinadi.
Hujjatlarning barchasi ingliz yoki italian tilida boʻlishi zarur. Ingliz/italian tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.
Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy sayti yoki dastur qoʻllanmasidan (CALL) olishingiz mumkin.
Bogʻlanish uchun:
E-mail: topolito.grants@polito.it