×

Politecnico di Torino: Italiyada magistratura bosqichi uchun grantlar; joy – 10 ta


Grant

MUHLAT

29.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

2196 marta

Italiyada joylashgan  Politecnico di Torino (Turin politexnika universiteti) 2021-22 oʻquv yilida boshlanadigan magistratura kurslari uchun TOPoliTO Scholarships Scholarships for International Students grant dasturini taklif etmoqda. Dastur doirasida Master of Science darajasi boʻyicha Engineering yoʻnalishi uchun 6 nafar, Architecture yoʻnalishi uchun 4 nafar chet ellik talabaga stipendiya ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant doirasida jami 10 nafar talabaga ikki yillik magistratura kursi uchun yiliga 8 000 yevro miqdoridagi grant ajratiladi. Grant shartlari bajarilganida grant ikkinchi yil uchun ham uzaytirilishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod chet el fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod oliygohning engineering yoki architecture yoʻnalishlaridan biri boʻyicha 2021-22 oʻquv yilida boshlanadigan magistratura kursiga qabul qilinishi kerak.
  3. Nomzod oliygohning qabul talablariga javob berishi kerak.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS 5.5/TOEFL 72 ball yoki undan baland).
  6. Nomzod GRE sertifikatiga ega boʻlishi kerak (Verbal Reasoning: 156/170, Quantitative Reasoning: 157/170, Analytical Writing: 3,5/6).
  7. Nomzod oʻzi oʻqimoqchi boʻlgan soha boʻyicha bakalavr yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlishi kerak.
  8. Nomzod bakalavr darajasini Italiyadan tashqarida olgan boʻlishi kerak.
  9. Nomzod mazkur grant bilan bir vaqtda boshqa stipendiya/moddiy yordam dasturlarida qatnasha olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

TOPoliTO Scholarships Scholarships for International Students grantiga ariza topshirish uchun talaba tegishli magistratura kursiga qabul qilingan boʻlishi / qabul qilinishi kerak.

Grant dasturida qatnashish uchun ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Apply@Polito onlayn ariza portalidan ““I wish to apply to TOPoliTO scholarships Master of Science programs A.Y. 2021/22” tugmasi belgiladi.
  • “GRE” boʻlimiga GRE testi natijalati kiritiladi.
  • “Attachments” boʻlimiga GRE sertifikati yuklanadi.
  • “Save and Submit” boʻlimida ariza saqlanadi va joʻnatiladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Baholar/diplom ilovasi.
  4. GRE sertifikati (Verbal Reasoning: 156/170, Quantitative Reasoning: 157/170, Analytical Writing: 3,5/6).

Muhim sanalar:

  • 29-iyun: grantga ariza qabul qilish toʻxtatiladi.
  • 6-iyul: saralash bosqichi natijalari eʼlon qilinadi.
  • 13-iyul: yakuniy natijalar eʼlon qilinadi.

Hujjatlarning barchasi ingliz yoki italian tilida boʻlishi zarur. Ingliz/italian tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy sayti yoki dastur qoʻllanmasidan (CALL) olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

E-mail: topolito.grants@polito.it

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!