×

Polsha: bakalavr va magistraturada bepul o’qish uchun grant


Grant

MUHLAT

30.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

8754 marta

Polshada joylashgan Maria Curie-Skłodowska University (MCSU) tomonidan xorijlik iqtidorli talabalar uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi bakalavr va magistratura kurslari uchun beriladi. Universitetda quyidagi kurslar ingliz tilida o’qitiladi va ular uchun grant yutib olish imkoniyati mavjud:

International Relations (BA)International Relations (MA)Tourism Management (BSc)Intercultural Communication in Education and Workplace (MA), Graphic Arts (MA)Education and Therapy (MA)Medical Biology (BA) va Business Analytics (BA)

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talaba shartnoma to’lovidan ozod qilinib, bepul o’qish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Talablar:

  1. Bakalavr bosqichida o’qish uchun hujjat topshirayotganlar kollej yoki litsey diplomi, yoxud maktab shahodatnomasiga ega bo’lishlari kerak.
  2. Magistratura uchun hujjat topshirayotganlar bakalavr diplomiga ega bo’lishlari kerak.
  3. Nomzodlar ingliz tilini erkin muloqot darajasida bilishlari zarur.
  4. Yuqori baholar nomzodning qabul qilinishiga ijobiy ta’sir qilinadi.
  5. Grant ijtimoiy faol, harakatchan va yetakchilik qobiliyatiga ega hamda yuqori baholarga o’qigan talabalarga belgilanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Grantni yutib olish uchun avval MCSU’da o’qitiladigan magistratura yoki bakalavr kursiga ariza berish kerak. Ariza berishda 85 PLN (taxminan 21 AQSh dollari) to’lov ham amalga oshirilishi kerak. Kurslarga arizalar bu yerda beriladi. Kursga ariza bergach, nomzodga ariza raqami va to’lovni amalga oshirganini tasdiqlovchi ma’lumot beriladi. Kursga ariza berganda quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
  • Ariza.
  • Ingliz tili darajasini tasdiqlovchi sertifikat (TOEFL IBT 87 yoki yuqoriroq ball talab etiladi. Batafsil)
  • Diplom va baholar
  • Sug’urta hujjatlari
  • Tibbiy ma’lumotnoma
  • Pasport nusxasi
  • 35×45 mm fotosurat
  • Ariza to’lovini amalga oshirganlik ma’lumotnomasi (to’laganda beriladi). Ushbu hujjatlarning asl yoki asliga to’g’ri nusxalari nomzod o’qishga qabul qilinganda talab qilinadi. Kerakli hujjatlar haqida batafsil

 

  1. Yuqoridagilarni amalga oshirgach, bu yerda grantga ariza beriladi. Grantga ariza berishda kursga ariza berilganda olingan ma’lumotlar ham kiritiladi. Grantga ariza berish uchun qo’shimcha hujjat shart emas.

Grantga ariza berilgach, nomzod suhbatga taklif qilinadi va suhbatdan muvaffaqqiyatli o’tsa va o’qishga ham qabul qilingan bo’lsa, unga grant beriladi.

 

Qabul jarayoniga aloqador murojaatlar uchun: studyinenglish@umcs.pl

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!