×

Polsha: Barcha harajatlari qoplanadigan yozgi maktab


Grant

MUHLAT

07.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

4397 marta

Arxitektura, muhandislik va dizaynga qiziqasizmi? Polshaning Varshava, Lublin va Szumin shaharlarida 10 kun davomida bo’lib o’tadigan “Shahar yozgi maktabi 2018” sizga arxitekturaning Oskar va Zofia Hansen tomonidan tanishtirilgan “Open Form” (ochiq shakl, ya’ni turli maqsadlarga ko’ra o’zgartirish mumkin bo’lgan inshoat qurish stili) binolarini o’rganish imkoniyatini beradi. 2018-yilning 26-avgustdan 8-sentabrgacha davom etadigan yozgi maktabda mualliflarning Varshava va Lublindagi mashhur ishlari va Szumindagi uy-muzeyiga maxsus jalb etilgan mutaxassislar boshchiligida tashrif buyurasiz.

Yozgi maktab uchun ajratilgan grantlar soni – 15 ta.

Grant kimlar uchun?

Shahar dizayni, arxitektura va muhandislik sohasiga aloqador hamma uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilarga quyidagi iqtisodiy imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Yevropa Ittifoqidan tashqari davlatlar fuqarolari uchun maksimum 200 yevro gacha yo’l xarajatlari qoplanadi;
  • Turar joy xarajatlari qoplanadi;
  • Oziz-ovqat xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Shahar yozgi maktabida arxitektura, shahar dizayni va uni rejalashtirish, san’at va shu sohalarga aloqador gumanitar va ilmiy yo’nalishlarda faoliyat olib borayotgan talabalar, tatqiqotchilar va yosh mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Kerakli hujjatlar

  1. Ariza.
  2. Tarjimai hol (CV, A4 formatda)
  3. Motivatsion xat (A4 formatda, uzunligi 1800 belgidan oshmagan holda)
  4. Quyidagi mavzuda insho: “Open Form: Flexibility of Space, Actions of People” (A4 formatda, uzunligi 1800 belgidan oshmagan holda).

Hujjat topshirish jarayoni

  • Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi shart. To’plangan hujjatlaringizni (motivatsion xat, insho va tarjimai hol) urbansummerschool@niaiu.pl manziliga 7-maydan kechiktirmagan holda jo’nating.
  • Barcha hujjatlar 3 varaqli PDF hujjat ko’rinishida jo’natilishi shart.
  • Online arizani alohida PDF hujjat ko’rinishida chop etib, qaytadan jo’natish shart emas.

Natijalar 2018-yilning 19-mayida e’lon qilinadi.

Yozgi maktab rejasi bilan SHU YERDA tanishing.

Yozgi maktab nizomi bilan SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!