×

Polsha: Haq to’lanadigan uch oylik stajirovka dasturi!


Grant

MUHLAT

15.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

9301 marta

Ryanair– Yevropaning yetakchi aviakompaniyalaridan biridir. Ryanair kompaniyasi har kuni 31dan ortiq davlatlardagi 200 dan ortiq manzillarga 1800dan ortiq parvozlarni amalga oshiradi. Kompaniyada 10000 ga yaqin malakali aviahodimlar faoliyat olib boradi. Ushbu kompaniya hozirda Yevropadagi eng ishonchli aviakompaniyalardan biri hisoblanadi.

Axborot Texnologiyalari (IT) sohasida ta’lim olayotgan talabalarga bu yozni Ryanair kompaniyasidagi malakali IT mutaxassislari bilan hamkorlikda, hozirda kompaniya ishlab chiqayotgan uchuvchilar uchun mo’ljallangan loyiha ustida ishlab, yuqori maosh, ish tajribasi va dam olish kunlari yaxshi hordiq chiqarish imkoniyati taqdim etilmoqda. Ryanair kompaniyasi hozirda yozgi stajirovka dasturi uchun iqtidorli dasturchi talabalardan arizalar qabul qilmoqda. Agar siz .Net, Java, JavaScript va Android dasturlash tillarini bilsangiz va o’z salohiyatingiz bilan millionlab odamlarning hayotini yaxshilashga hissa qo’shmoqchi bo’lsangiz, bu dastur siz uchun. Kompaniyada quyidagi lavozimlarda ishlash imkoniyati mavjud:

  • Quality Assurance Engineer
  • Software Developer
  • Data Scientist
  • Business Analyst
  • IT Support

Grant kimlar uchun?

Axborot Texnologiyalari (IT) sohasida tajriba orttirishni xohlovchi ko’ngillilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlarga oylik maosh beriladi va kompaniya tomonidan maxsus imtiyozlar ajratiladi. Shuningdek, stajyorlar dam olish kunlari (shanba va yakshanba) kompaniya qatnaydigan istalgan davlatga borishi va sayohat qilishi mumkin bo’ladi.

Talablar:

Dastur uchun quyidagi talablarga mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod Kompyuter Fanlari yoki IT sohasida o’qiyotgan bo’lishi kerak;
  2. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak;
  3. Nomzod .Net, Java, JavaScript va Android dasturlash tillarida ishlay olishi kerak;
  4. Nomzod iyul oyidan sentabr oyigacha ish uchun kuniga 8 soat ajratishga tayyor bo’lishi kerak;
  5. Nomzod o’z ustida ishlash va bilim olishga chanqoq bo’lishi kerak;
  6. Nomzod jamoa bo’lib ishlay olishi va jamoadoshlari bilan chiqishib keta olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirishdan oldin kompaniya haqida batafsil tanishib chiqish, ular aynan qanday sifatlarni qadrlashini bilib olish va ariza va hujjatlarni shularni inobatga olgan holda tayyorlash tavsiya etiladi. Dasturga qabul jarayonida quyidagi hujjatlarni taqdim eting:

  1. Onlayn ariza. Arizani tayyorlashda barcha ma’lumotlarni bexato kiriting. Arizaga quyidagi hujjatlarni ham biriktishingiz kerak:
  2. CV – ushbu hujjatda o’zingiz haqingizdagi barcha muhim ma’lumotlarni jamlang.
  3. Biriktirilgan xat (cover letter) – bu xatda aynan nega siz dasturga qabul qilinishingiz kerakligi, nima uchun hujjat topshirayotganingiz va kompaniya rivojiga anday hissa qo’sha olishingizni ishonarli usulda ko’rsating. IT’ning qaysi yo’nalishida ishlashni xohlashingizni ham ko’rsatib o’ting.
  4. Onlayn ariza to’ldirish jarayonida sistemaga fotosuratingizni joylash kerak bo’lishini ham unutmang.

Dasturga qabul jarayoni

Onlayn arizalar saralangach, omadlilardan biri bo’lgan bo’lsangiz, sizni video suhbatga taklif qilishadi va video suhbatdan ham muvaffaqqiyatli o’tsangiz, dasturga qabul qilinasiz.

Eslatmalar

Ma’lumot uchun Ryanair kompaniyasining rasmiy vebsaytidan foydalanishingiz mumkin: https://www.ryanair.com/gb/en/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!