×

Polsha: Magistr diplomi egalari uchun barcha xarajarlari qoplanadigan 10 oylik dastur; oylik stipendiya – 377 yevro; joy – 45 ta!


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

2681 marta

Polsha oliygohlarida mahsus tayyorlov dasturida ishtirok etish imkonini beruvchi 2020-21-yilgi Lane Kirkland Scholarship Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur davlat va jamiyatda demokratiya, iqtisodiyot va va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida faol ishtirok etis niyatidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Dastur qatnashchilari Warszawa, Kraków, Wrocław, Poznań va Lublin kabi polyak universitetlarida ikki semestr o‘qish va Polshadagi tashkilotlarda ikki hafta amaliyot o‘tash orqali bilim va tajribalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Dasturda quyidagi soha vakillari ishtirok etishlari mumkin:

  • Economics and management
  • Administration / management (business, NGO, culture, environmental protection, health care, education)
  • Public administration (government and local government)
  • Law
  • Social science (Social Psychology, Sociology)
  • Political science and international relations
  • Journalism
  • Environmental protection
  • Security issues
  • Crisis management
  • Development policy and Humanitarian Aid

Dasturga 45 nafar qatnashchi saralab olinadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura diplomiga ega mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Lane Kirkland grant dasturi to‘liq grant bo‘lib, grant berilgan qatnashchi quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:

  1. Qatnashchiga 10 oy davomida 1600 PLN (taxminan 377 yevro) oylik stipendiya
  2. Qatnashchi turli xildagi sug‘urta xizmatlariga sarflashi kerak xarajatlar qoplab beriladi.
  3. Nomzodga Polshaga borish va vatanga qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
  4. Nomzodga Polshada 10 oy davomida yashash uchun turar-joy, mahalliy transport, viza, tadqiqot materiallari, ikki semestrlik o‘qish, ikki haftalik stajirovka va polyak tili kursi xarajatlarini qoplash uchun oyiga taxminan 4200 PLN (taxminan 990 yevro) mablag‘ ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod magistrlik darajasiga ega bo‘lishi lozim.
  2. Nomzod o‘z sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod oxirgi marta olgan 6 oydan uzoq davom etgan grant tamom bo‘lganiga kamida 2 yil bo‘lgan bo‘lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz va polyak tillarini bilishi kerak. ingliz tilida o‘qishni xohlovchilar ingliz tilini kamida B2 va polyak tilini kamida A1 darajasida; polyak tilida o‘qishni xohlovchilar polyak tilini kamida B1 darajasida bilishlari kerak. suhbat vaqtida tilga qo‘yilgan shu talablarga javob brgan nomzodlarga keyinchalik polyak tilini yaxshiroq o‘rganish uchun kurslar ham tashkil qilib beriladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni 2020-yil 1-martga qadar kirkland@kirkland.edu.pl elektron manziliga yuboring:

  1. To‘ldirilgan ariza.
  2. Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalar ingliz, rus yoki polyak tilida bo‘lishi mumkin.
  3. Magistratura diplomi.

Yuqorida havola berilgan arizani to‘ldirishda nomzod dastur uchun loyiha taklifi (project proposal) ham taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Saralash jarayoni 3 bosqichdan iborat:

  1. Ilk bosqichda nomzodlar barcha talablarga mos ekanliklari tekshiriladi.
  2. Ikknchi bosqichda dastur uchun rejalariga binoan saralanadilar.
  3. So‘nggi bosqichda suhbat o‘tkaziladi. Suhbat o‘tkazish 2020-yil 29-martdan 30-aprelgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Dastur bo‘yicha hamma ma’lumot bilan: shu yerda, yo‘riqnoma bilan esa: shu yerda tanishing.

Ma’lumot uchun: kirkland@kirkland.edu.pl.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!