×

Polsha: Xavfsizlik boʻyicha magistratura kursi uchun toʻliq grant


Grant

MUHLAT

18.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

3573 marta

Polshaning Varshava shahrida joylashgan Collegium Civitas universiteti va Fulbright Poland tashkiloti International Security Studies in Poland – scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 2 yil (4 semestr)gacha muddatga moʻljallangan. Grant Polsha Collegium Civitas universitetining Terrorism Research Centerda oʻqitiladigan International Security Studies magistratura kursiga oʻqishga kirgan 2 nafar talabaga beriladi. Grant sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekston va Turkmaniston davlatlari fuqarolari uchun tashkil etilgan. Grant yutib olgan nomzodlar bilimli va salohiyatli, a’lochi boʻlishi talab etiladi. Grantga nomzodlardan kelgusida xavfsizlik sohasi boʻyicha liderlar boʻlib yetishish kutilmoqda.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetning International Security Studies magistratura kursi kontrakt toʻlovi bir yilga 12 700 PLN (taxminan 3375,60 USD). Grant yutib olgan 2 nafar nomzodning ikki yil muddatga oʻqish puli toʻliq qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekston va Turkmaniston davlatlari fuqarolar davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Polsha Collegium Civitas universitetining International Security Studies magistratura kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi kerak. IELTS kamida 6,0/TOEFL iBT 87 ball yoki ekvivalent sertifikat talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Polsha Collegium Civitas universitetining International Security Studies magistratura kursida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga ariza topshirish dedlayni – 2-sentabrgacha. Grantga esa dedlayni 2019-yil 18-avgustgacha, agar grant yutishni istasangiz, imkon qadar erta ariza topshirish maqsadga muvofiq. Grantga ehtiyoj borligini oʻqish uchun berilayotgan onlayn arizaning ichida koʻrsatish kerak, shu sababli grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Ariza topshirishdan avval kurs haqida toʻliq ma’lumotni: shu yerdan oʻqib chiqing.
  2. Barcha kirish talablarini esa: shu yerdan aniqlang.
  3. Oʻqishga hujjat topshirish onlayn tarzda ariza berish va arizani yuklab olib chop etish, imzolab, qayta tizimga yuklash amalga oshiriladi.
  4. Ariza berayotganda PROMO CODE qismiga “ISS Scholarship” deb yozish kerak. Shunda hujjat grantga nomzod sifatida komissiyaga taqdim etiladi. Grant haqida batafsil ma’lumot bilan esa: shu yerda tanishing.
  5. Hujjatlaringiz saralashdan muvaffaqiyatli oʻtsa, suhbatdan oʻtashiz.
  6. Eslatma: Ariza topshirish uchun 85 PLN (taxminan 22,59 USD) badal toʻlash kerak.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza. Arizani chop etib, imzolab, skan nusxasini qayta tizimga yuklash kerak.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Diplom legallashtirilgan boʻlishi yoki Polsha ta’lim tizimi talablariga mos kelishi zarur. Legallashtirish haqidagi hujjatni yurtimizdagi Polsha elchixonasi orqali rasmiylashtirasiz.
  • Magistraturaga kirish huquqini beruvchi rasmiy tasdiqnoma. Bu hujjatni oʻqigan universitet/institut/vazirlikdan olinadi.
  • Diplom va diplom ilovasining polyak tili yoki ingliz tiliga tarjimasi va notarial tasdiqlangan nusxasi.
  • Badal toʻlanganligi haqida kvitansiya. Buning uchun onlayn-platformadan roʻyxatdan oʻtish lozim. Pulni PayU elektron tizimi orqali toʻlash yoki quyidagi bank rekvizitlari orqali toʻlovni amalga oshirish mumkin:

Collegium Civitas, Plac Defilad 1, 00-901 Warsaw, Poland

Bank: Alior Bank SA; Bank’s address: Łopuszańska 38D, 02-232 Warsaw, Poland;

account number: 95 2490 0005 0000 4600 1851 0196

SWIFT: ALBPPLPW

IBAN: PL 95 2490 0005 0000 4600 1851 0196

Title: name surname registration number (example: John Smith 33123)

Barcha yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning asl nusxalarini Varshavaga oʻqishga kelganda olib kelishingiz kerak. Talablar haqida toʻliq maʼlumot bilan: shu yerda tanishing.

Nomzodlar asosan til bilish darajasi va a’lo baholari, oʻzlashtirish koʻrsatkichiga koʻra saralanadi.

Saralash 19-avgustdan 30-avgustgacha amalga oshiriladi va undan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga imkon qadar tez muddatda xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: admissions@civitas.edu.pl.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!