×

Portugaliya, Isroil, AQSh va Shvetsiya: Xotin-qizlar uchun ekologiya sohasida tanlov; yutuq – 40 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

31.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2126 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining  Women4Climate tashabbusi bilan tashkil etilgan The 2nd C40 Women4Climate Tech Challenge dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi. Dastur Women4Climate harakati tomonidan boshqariladi. Dastur iqlim, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha innovator, tashkilotchi va startup taklim etayotgan ayol liderlar uchun moʻljallangan. Dasturda taqdim etilgan loyihalar Tech Challencega a’zo boʻlgan C40 shaharlarida amaliyotga joriy etiladi. Ushbu dastur Lissabon, Tel-Aviv, Los-Angeles va Stokgolm shaharlarida boʻlib oʻtadi va unda quyidagi muammolarning yechimlari koʻrib chiqiladi:

  • Adaptation and risk cities response
  • Healthy public buildings
  • Green and healthier streets

Grant kimlar uchun?

Innovator, tashkilotchi va startup taklif etayotgan ayol liderlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblarga umumiy jamgʻarmasi 40 000 USD boʻlgan mukofot taqsimlab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari bu dasturga ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod ayol jinsiga mansub boʻlishi zarur.
  3. Nomzod innovator, startupchi va tashabbuskor lider, talaba yoki yosh mutaxassis boʻlishi va ekologiya, atrof-muhit haqida loyiha taqdim etishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilida yozish va gaplashish koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar toʻgʻrisida batafsil: shu yerda va shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 31-yanvarga qadar qabul qilinadi. Ariza onlayn tarzda: shu yerda topshiriladi. Sahifa oxirida ariza shakli berilgan. Ariza topshirishdan avval yoʻriqnoma va ishtirok etish tartibi bilan batafsil tanishib chiqing. Batafsil ma’lumot uchun: savol-javoblarni oʻqib chiqish mumkin.

Yakuniy natija 2020-yilning mayida eʼlon qilinadi.

Dastur boʻyicha tajribalar 2020-yil iyunda boshlanadi.

Ma’lumot uchun: women4climate@c40.org manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!