The Lisbon MBA Biznes Oliy maktabi 2019-2020-oʻquv yili uchun bir nechta grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda o`qitiladigan buxgalteriya, moliya hamda biznes va boshqaruv sohalari bo`yicha magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi.
The Lisbon MBA Biznes Oliy maktabining uchta kampusi mavjud. Ular quyidagi hududlarda joylashgan:
- Catolica-Lisbon Campus – Portugaliyaning Lissabon shahrida
- Nova SBE Campus – Portugaliyaning Karkavelos shahrida
- MIT Sloan Campus – Amerika Qo`shma Shtatlari, Kembrijda.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
The Lisbon MBA magistratura yoʻnalishlarida kontrakt 2019-2020-oʻquv yili uchun taxminan 38 000 yevro kontrakt to`lanadi.
Oliy maktab talabalarga bir nechta grantlarni taklif etadi:
- Entrepreneur Scholarship. Grant MBA diplomini olgandan keyin o`z shaxsiy beznesiga ega bo`lishni yoki oilaviy biznesni yo`lga qo`yishni istagan talabalarga mo`ljallangan. Grant o`qish pulini 50% gacha qoplaydi.
- Merit Scholarship. Juda yuqori akademik ko`rsatkichlarni namoyish eta olgan nomzodlarga beriladi. Asosiy talab: kamida GMAT 670, bakalavr baholari (GPA) 20 dan 15 yoki 4,0 dan 3,0 bo`lishi kerak. Grant o`qish pulini 50% gacha qoplaydi.
- Social Impact Award. Grant nodavlat ijtimoiy sektorlarda o`z ixtiyori bilan 2 yildan ortiq ishlagan nomzodlarga beriladi. Grant o`qish pulini 50% gacha qoplaydi.
- The Lisbon MBA Scholarship. Grant nomzod o`qiydigan guruhni millati, kelib chiqishi va fuqaroligidan qat’iy nazar rivojlanishi hamda o`sishiga xizmat qila oladigan talabaga beriladi. Grant o`qish pulini 50% gacha qoplaydi.
- Women in Business Award. Grant professional ko`rsatkichlar va karyerasini rivojlantira olgan munosib ayol nomzodlarga beriladi. Grant o`qish pulini 50% gacha qoplaydi.Grant dedlayni 2019-yil 25-oktabrgacha.
Dasturlar grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini va kontraktning qolgan qismini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod Oliy maktabning magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish lozimligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5-7.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar Oliy maktabning barcha magistratura kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oʻzi tanlagan kursga onlayn tarzda ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish shart emas. O`qishga kirishga ariza: MBA’s application form ning ichidagi “Funding Options”bo`limiga kirib mos keladigan grant belgilanadi. Arizada stipendiya sahifasida berilgan savolga javob yozish kerak.
Oʻqishga kirishga dedlayn muddatlari: SHU YERDA.
Grant dasturlari uchun: 2019-yil 31-maygacha, 31-iyulgacha va 30-sentabrgacha ariza berish mumkin. Faqatgina Women in Business Award granti dedlayni 2019-yil 25-oktabrgacha.
Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):
- Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
- Kamida 3 yil ish tajribasi haqida ma’lumotnoma.
- Ingliz tili testi (IELTS 6.5yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- GRE yoki GMAT /sertifikati.
Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing. Savollar tug`ilganda admissions@thelisbonmba.com manzili orqali aniqlang.
Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: admissions@thelisbonmba.com