×

Chexiya: yozuvchi va tarjimonlar uchun ijod safari – barcha xarajatlar qoplanadi, 600 yevro oylik haq to’lanadi!


Grant

MUHLAT

31.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Chexiya Respublikasi

O'QILGAN

4250 marta

Yozuvchi va tarjimonlar uchun mo’ljallangan “Praga – Adabiyot Shahri” nomli dastur ilk marta 2015-yilda ishga tushirilgan. Bu grant dasturi o’shandan beri har yili bir qancha yozuvchi va tarjimonlarga Chexiyaning Praga shahrida 2 oy davomida yashab, o’z ishlarida shahar tassurotlarini aks ettirishlari uchun qulay sharoit yaratib, barcha xarajatlarni moliyalashtirib kelmoqda.

2019-yilgi dastur bo’yicha 6 nafar qatnashchiga grant ajratiladi. Barcha qatnashchilar uchun dastur birdaniga bo’lmaydi, ularga 2019-yil davomida turli oylar oralig’ida rezidensiya tashkillashtirib beriladi, ya’ni: yanvar va fevral uchun, mart va aprel uchun, may va iyun uchun, iyul va avgust uchun, sentabr va oktabr uchun, noyabr va dekabr uchun.

Grant kimlar uchun?

Yozuvchi va tarjimonlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur qatnashchisiga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  1. Sayohat xarajatlari qoplab beriladi.
  2. Turar joy va oziq-ovqat tashkillashtirib beriladi.
  3. Qatnashchiga 600 yevro miqdoridagi oylik stipendiya beriladi. Bu mablag’ qatnashchining oylik xarajatlarini bemalol qoplaydi, agar u biror kecha yoki tadbirda ishtirok etish uchun qo’shimcha mablag’ga muhtoj bo’lsa, unga kerakli mablag’ ham berilishi mumkin.

Talablar:

Dasturda ishtirok etishni xohlovchi barcha nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishi zarur:

  1. Nomzodda Chexiya madaniyatiga qiziqish bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini qoniqarli darajada bilishi kerak.
  3. Nomzod ijodi davomida quyidagilardan birini bajargan bo’lishi kerak:
    a) kamida bitta adabiy asar;
    b) kamida ikkita radio dramasi yoki radio eshittirish
    c) kamida bitta sahnalashtirilgan yoki nashr etilgan teatr dramasi yoki
    d) Chex yozuvchisi tomonidan yozilgan kamida bitta asardan qilingan tarjima.
  4. Ilgari bu dasturda qatnashgan nomzodlar qayta hujjat topshirishlari mumkin emas.

Agar dasturga qabul qilinsangiz, sizga quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. Siz tashrif buyurayotgan joyning adabiy-ijodiy hayotida ishtirok etishingiz kerak bo’ladi (masalan, badiiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrshuvlar va hkz.).
  2. Dastur paytida ijod bilan shug’ullanishingiz kerak bo’ladi. Siz yozgan asar keyinchalik Praga Mahalliy Kutubxonasida saqlanadi va uning elektron va bosma nashrlaridan shu dastur va Pragani targ’ib etish maqsadida foydalaniladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun quyidagi hujjatlarni 2018-yil 31-avgustdan kechiktirmay viktor.svoboda@mlp.cz elektron manziliga yuboring:

  1. Ariza.
  2. Nomzodning ishlaridan chex yoki ingliz tilida parcha. Parchaning hajmi ko’pi bilan 2 sahifa bo’lishi kerak (Bu ixtiyoriy, majburiy emas).

Natijalar 2018-yilning 30-oktabrida e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi elektron manzilga murojaat qilishingiz mumkin: prague@cityofliterature.cz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!