×

Princeton Arts Fellowships – AQShning eng nufuzli universitetlaridan birida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 93 000 dollar!


Grant

MUHLAT

09.09.2026

QOLGAN VAQT

60 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

10762 marta

Princeton Universitetining Lewis Center for the Arts markazi mehnat faoliyatini boshlaganiga koʻp boʻlmagan, yosh, favqulodda qobiliyatli va umidli sanʼatkor hamda ijodkorlarga Princeton Arts Fellowships grant dasturini taklif etadi. Dasturga bastakor, dirijyor, musiqachi, raqqos, xoreograf, ijrochi, rassom, konorejissyor, yozuvchi, shoir, dramaturg, dizayner va boshqa turdagi sanʼatkor/ijodkorlar ariza berishlari mumkin.

2026-yilgi qabulda faqat quyidagi  dasturlarga arizalar qabul qilinadi:

  • Program in Dance
  • Program in Theater and Music Theater
  • Department of Music

Princeton Arts Fellowships dasturining asosiy maqsadi sanʼatning istalgan turi bilan shugʻullanadigan iqtidorli ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning oʻz bilimlarini kelajak avlodga yetkazishini ragʻbatlantirishdir. Amaliyot dasturi 2 oʻquv yiliga moʻljallangan boʻlib, qatnashchilar amaliyotdan tashqari har semestrda fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan reja boʻyicha talabalarga dars berishlari yoki biror badiiy loyihani amalga oshirishlari (spektakl sahnalashtirish, talabalar bilan yangi raqs yaratish va h.k) talab etiladi. Dastur doirasida har yili 2-3 nafar sanʼatkor/ijodkorga grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Sanʼatkor va ijodkorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlarga 2 oʻquv yili davomida yiliga 93 000 AQSH dollar stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • 2026-yildagi qabul qabulga faqat raqs, teatr va musiqiy teatr daturlari hamda musiqa fakultetiga arizalar qabul qilinadi (shu sohadagi mutaxassislar, masalan, yosh bastakorlar, dirijyorlar, musiqachilar, xoreograflar, dramaturglar, dizaynerlar, rejissyorlar va ijro ijodkorlari ariza topshirishi mumkin).
  • Nomzod mehnat faoliyatini boshlanagiga koʻp boʻlmagan, yosh, favqulodda qobiliyatli va umidli sanʼatkor boʻlishi zarur.
  • Princeton Universityʼda PhD darajasini olgan sanʼatkorlar dasturga ariza bera olmaydilar.
  • Grantdan PhD kurslarini moliyalashtirish uchun foydalanib boʻlmaydi.
  • Nomzod, gʻolib boʻlgan taqdirda, oliygohda amaliyot oʻtash bilan birga va har semestrda biror kurs boʻyicha talabalarga dars berishga yoki biror badiiy loyihani amalga oshirishga (spektakl sahnalashtirish, talabalar bilan yangi raqs yaratish va h.k.) qiziqish bildirishi kerak.
  • Har bir nomzod Princeton Arts Fellowships dasturiga hayoti davomida faqat ikki marta ariza berishi mumkin.

Barcha talablar bilan BU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2026-yil 9-sentyabrgacha qabul qilinadi. Saralashdan oʻtgan nomzodlar 2026-yil noyabr oyida eʼlon qilinadi. 2026-yil dekabr oyida suhbat oʻtkaziladi.

Ariza topshirish vaqtida qanday hujjatlar topshirishilishi BU YERDA koʻrib chiqing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy saytidagi maʼlumotlar va savol-javoblar bilan abatafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun:

E-mail: lca-fellowships@princeton.edu