×

Princeton University (AQSH): Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan birida bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminoti!


Grant

MUHLAT

01.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

38383 marta

AQSHning Nyu-Jersi shatatida joylashgan Princeton universitetida bakalavriat kurslariga topshiruvchi nomzodlarga moliyaviy holatga asoslangan (need-based) moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi. Dastur doirasida moliyaviy yordam uchun ariza topshirgan talabaning oilasi daromadlari hisoblab chiqiladi va shu asosda talabaga mablagʻ ajratiladi. Universitetdagi istalgan sohaga topshirgan talaba ushbu dasturga ham ariza topshirishi mumkin.

Ushbu nufuzli universitet 2023-yilning kuzidan boshlab yillik oilaviy daromadi 100 000 AQSH dollaridan kam boʻlgan bakalavriat talabalarini toʻliq moliyaviy yordam bilan taʼminlanishini eʼlon qilgan.

Dastur doirasida taxminan 1500 nafar bakalavriat talabasining toʻliq moliyaviy yordam bilan taʼminlanishi kutilmoqda.

Universitetdagi yoʻnalishlar haqidagi umumiy maʼlumotni bu yerdan topasiz.

Maʼlumot uchun: Princeton universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2023-yil avgust oyi holatiga koʻra, ushbu universitet dunyoning eng yaxshi universitetlari roʻyxatida 7-oʻrinni egallab turibdi (THE reytinggi boʻyicha).

Hozirda 2023-yildan oʻqishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moliyaviy yordam dasturiga ariza topshirgan talabalarga oilaviy daromadiga qarab mablagʻ ajratiladi.

Yillik oilaviy daromadi 100 0000 AQSh dollaridan kam boʻlgan oiladan boʻlgan talabaga toʻliq moliyaviy yordam beriladi va bu quyidagilarni qamrab oladi:

  • Oʻqish pulidan (tuition) toʻliq ozod qilinadi.
  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq qoplanadi.
  • Kitoblar va shaxsiy ehtiyojlar uchun xarajatlar ham qoplanadi.

Shuningdek, talabalar moliyaviy ehtiyojiga qarab, haftasiga 8-9 soatlik ish bilan taʼminlanishi ham mumkin.

Yillik oilaviy daromadi 100 000 AQSH dollaridan yuqori boʻlgan oila farzandlari ham turli shakldagi moliyaviy yordam olishi mumkin. Bunday talabalar uchun moliyaviy yordam miqdori haqida BU YERDAGI jadvalda (New Financial Aid Methoology) toʻliq tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Xalqaro talabalar qabuliga oid sahifada nomzod uchun aniq talablar belgilab qoʻyilmagan. Umumiy olganda, nomzod oʻrta taʼlim muassasasini (maktab, kollej yoki litsey) bitirgan boʻlishi yoki oʻqish boshlangunicha bitirishi lozim; shuningdek, nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Xalqaro talaalar ingliz tili sertifikatlarini (IELTS, TOEFL, PTE) topshirishi shart boʻlsa-da, ularning balliga aniq talab qoʻyilmagan. Biroq ball qancha yuqori boʻlsa, shuncha yaxshi.

Shuningdek qabul uchun SAT va ACT sertifikatlarini topshirish ham majburiy emas (COVID-19 tufayli ushbu imtihonlarni topshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelganligi sababli). Biroq SAT yoki ACT sertifikatingiz boʻlsa, uni topshirish tavsiya etiladi.

SAT yoki ACT sertifikatini topshirish majburiy emas deb belgilansa ham, yuqori ballga ega bunday sertifikatlarning topshirilishi qabul qilinish imkoniyatiga ijobiy taʼsir qiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Bakalavriatga arizalar qabuli har yili avgust oyi oʻrtalarida ochiladi. Arizalarni qabul qilish uchun 2 ta dedlayn (qabulning oxirgi sanasi) belgilangan:

  • Single-Choice Early Action (erta qabul) – 2023-yil 1-noyabrgacha;
  • Regular Decision (odatiy qabul) – 2024-yil 1-yanvargacha.

Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlarni topshirish talab etiladi:

  • Xalqaro Common Application ariza shakli.
  • Princeton Supplement insholari. Bu insholarning mavzusini Princeton universitetini Common Application tizimidagi universitetlaringiz roʻyxatiga kiritganingizdan keyin koʻrishingiz mumkin.
  • 70 AQSH dollari miqdoridagi ariza toʻlov (application fee). Bu toʻlovning undirilishi bekor qilish ham mumkin, bu haqida bu yerdan maʼlumot topasiz.
  • Baholangan yozma ish.
  • Nomzodning baholari.
  • Maktabdan hisobot. Bu shakl Common Application arizasida tayyor mavjud, uni maktab, kollej yoki litsey direktori yoki direktor oʻrinbosari toʻldirishi kerak. Coalition Application arizasida bu hujjat shakli mavjud emas, shu sababli uni masʼul shaxs oʻzi tayyorlab, yuklashi kerak boʻladi.
  • Tahsil olgan yerdagi mansabdor shaxsdan (direktor, direktor oʻrinbosari) 1 ta tavsiyanoma.
  • 2 ta oʻqituvchidan tavsiyanoma.
  • Oʻrta taʼlim hisoboti (Mid-year school report). Bu shakl Common Application arizasida ham mavjud.
  • IELTS, TOEFL yoki PTE sertifikati. Taʼlim muassasida kamida 3 yil toʻliq ingliz tilida oʻqigan nomzodlar til sertifikatini topshirishi majburiy emas.
  • SAT yoki ACT. Oxirgi qabulda bu hujjatni topshirish majbur emas edi (COVID-19 sababli). Lekin navbatdagi qabulda majburiy boʻlishi mumkin. Shu sababli SAT yoki ACT imtihoniga hozirdan tayyorgarlik koʻrish va imkon qadar yuqoriroq ball olish tavsiya etiladi.

MUHIM: Yuqorida sanalgan hujjatlar, ularning nima ekani haqidagi taʼriflar va ariza topshirish jarayoni haqidagi maʼlumotlarni xalqaro talabalar qabuli sahifasi hamda kerakli hujjatlar sahifasidan topasiz. Bu sahifalarni va boshqa kerakli maʼlumotlarni diqqat bilan oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!