×

Professional fotomuxbirlar uchun Lucas Dolega Award 2021 tanlovi: mukofot – 10 000 yevro!


Grant

MUHLAT

15.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

1071 marta

Professional mustaqil suratkashlar uchun Lucas Dolega Award 2021: 10th Edition fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov axborot erkinligi va demokratiyani qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Tanlovda axborot erkinligi va demokratiya rivojiga o’z loyihalari va suratlari orqali hissa qo’shgan professional suratkashlarni taqdirlash.

Ishtirok etish uchun 2019-yil 1-noyabr va 2021-yil 31-yanvar oralig’ida tushirilgan suratlardan iborat fotoreportaj yuboring.

Grant kimlar uchun?

Professional suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’olibiga 10 000 yevro pul mukofoti topshiriladi. Taqdirlash marosimi 2021-yil bahorda (karantin vaziyatidan kelib chiqib) Fransiyaning Pariz shahrida bo’lib o’tadi. G’olib tushirgan fotosurat tanlov tashkilotchisining to’plamida chop etiladi.

Talablar:

  • Tanlovda professional suratkashlar ishtirok etishi mumkin.
  • Bitta ishtirokchi 1 tadan 3 tagacha fotoreportaj bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Fotoreportaj 10-20 ta fotosuratdan iborat bo’lishi kerak. Har bir surat mazmun jihatdan ketma-ketligiga asosan 01_surat nomi, 02_surat nomi, 03_surat nomi kabi ko’rinishda nomlanishi kerak.
  • Har bir surat kamida 300 dpi, JPG formatida bo’lishi, hajmi 3 MBdan oshmasligi kerak.
  • Yuborilgan suratlar suratkashning axborot erkinligi va demokratiyaga sodiqligini ko’rsatib berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda 2021-yil 15-martgacha qabul qilinadi. Ariza topshirish oldidan tanlov nizomi bilan tanishib chiqing.

  1. Hujjat topshirish uchun tanlov avvaliga tanlov shartlariga rozilik haqidagi hujjat
  2. Tanlov uchun ariza to’ldiriladi.
  3. Tanlovga yuborilishi kerak bo’lgan suratlar, 1- va 2-raqamli hujjatlar va arizada ko’rsatilgan qo’shimcha ma’lumotlar bitta faylga jamlab prix@lucasdolega.com manziliga WeTransfer sayti orqali yuboriladi. WeTransfer saytidan boshqa xizmat vositasida yuborilgan arizalar ko’rib chiqilmaydi.

Tanlovning ilgarigi g’oliblari va ularning ishlari bilan tanishing:

2020-yil

2019-yil

2018-yil

Barchasi

Murojaat uchun: association@lucasdolega.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!