×

Professional va havaskor yozuvchilar uchun Nine Dots Prize tanlovi: mukofot – 100 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

18.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1763 marta

The Kadas Prize Foundation fondi hamda Cambridge Universiteti nashriyoti hamkorligida tashkil etilgan Nine Dots Prize tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu tanlov har 2 yilda bir marta o’tkaziladi.

Tanlov professional va havaskor yozuvchilar uchun mo’ljallangan. Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov mavzusiga 3 000 so’zli qisqa javob berish, va g’olib bo’linsa, topshirilgan rejani 25 000-40 000 so’zli kitobga aylantirish kerak bo’ladi. Mavzu: “What does it mean to be young in an ageing world?”

Tanlovga topshirilgan ishlarda jamiyat va dunyodagi qiyinchiliklar, muammolarga keng va o’ziga xos nazar bilan yondashilgan munosabatlar aks etishi kerak.

Ishlar yuqori sifatli, keng qamrovli, tahlil va dalillarga asoslangan, original, ommaga tushunarli tilda, savolga  javob beradigan hamda o’ziga xos ovozga ega bo’lgan asarlar bo’lishi zarur.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’olibiga 100 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti 3 qismga bo’lib beriladi: g’olib e’lon qilinganida, tayyor holga keltirilgan kitob Kembrij universiteti nashriyotiga topshirilganida va kitob chop etilganida. Muallifga kitobmi yozish, tahrirlash, chop etish va boshqa jarayonlarda mutaxassislar yordamlashib turadilar.

Talablar:

Tanlovda 18 yoshdan oshgan barcha shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Topshirilgan ishlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Tanlov shartlari

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 18-yanvargacha hujjat topshirish zarur. Hujjatlar bu yerda topshiriladi. G’olib may oyida e’lon qilinadi. Qo’shimcha ma’lumot uchun questions@ninedotsprize.org elektron manziliga murojaat qiling yoki ko’p so’raladigan savollarga javoblar bilan tanishib chiqing.

Kerakli hujjatlar (doc. yoki docx. formatida):

  1. Savolga berilgan javob (3 000 so’zgacha). Agar g’olib bo’lsangiz, javob g’oyasini 25 000-40 000 so’zli kitobga aylantirib yozishingiz kerak bo’ladi. 3 000 so’zli javobda g’oyaning asosiy qismlari yoritib berilishi zarur.
  2. Reja (1 000 so’zgacha). Bunda kitob holiga kelishi mumkin g’oyaning tuzilishi ko’rsatib beriladi. Sarlavhalar, bo’lim nomlari, nechta bo’lim, bob bo’lishi va boshqa ma’lumotlar beriladi.
  3. G’olib bo’lsangiz, 7 oy ichida kitobni tayyorlay olishingiz haqida yozilgan izoh (1 000 so’zgacha). Hujjatlarning hajmi 5 MBdan oshmasligi shart.

Tanlov nizomi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!