Turkiyaning Sabachi universiteti (Sabancı University) bakalavriat talabalari uchun 2025-yilgi Program for Undergraduate Research (PURE) yozgi tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Bu dastur doirasida ishtirokchilar Sabachi universiteti professorlari boshchiligidagi turli tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkoniga ega boʻladi. Bu dasturning maqsadi bakalavriat talabalarini taʼlimning dastlabki bosqichida haqiqiy tadqiqot masalalari bilan tanishtirishdir.
Dastur doirasida ishtirok etish mumkin boʻlgan tadqiqot loyihalari soni 48 ta boʻlib, ular bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.
PURE yozgi tadqiqot dasturi mashgʻulotlari 2025-yil 7-iyuldan 28-avgustgacha davom etadi. Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.
Ushbu dasturga ariza topshirish bepul.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dasturga qabul qilingan barcha ishtirokchilar bepul turar joy bilan taʼminlanadi hamda ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Shuningdek, qabul qilingan 30 nafar xalqaro ishtirokchilar bepul turar joydan tashqari quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- Oyiga 9000 lira (taxminan 240 AQSH dollari) oylik stipendiya.
- Turkiyaga borish va Turkiyadan qaytish xarajatlari qoplanadi.
Shuningdek, dasturli muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
Barcha ishtirokchilar safar va tibbiy sugʻurta qildirishi va ularning xarajatlarini oʻz hisobidan qoplashi kerak.
Talablar:
Dastur shartlari va nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Istalgan mamlakat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
- Turkiya fuqarosi boʻlmagan nomzodlar faqat PURE yozgi tadqiqot dasturida qatnasha oladi (bahorgi va kuzgi dasturda qatnasha olmaydi).
- Dasturda faqat bakalavriat talabalari qatnashishi mumkin.
- Nomzodlar ingliz tilida tadqiqot olib borish, tadqiqot yuzasidan muloqot qilish, taqdimot va hisobotlar tayyorlash darajasida bilishi kerak.
- Dastur doirasida turli seminarlar tashkil qilinadi va ishtirokchilar bu seminarlarning kamida 3 tasiga qatnashishi kerak.
- Nomzodlar oʻzlari tanlagan tadqiqot sohalari boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi kerak. Tadqiqot loyihalari bilan BU YERDA tanishing.
- Ishtirokchilardan belgilangan tegishli sanalargacha taqdimot tayyorlash, tadqiqot hisoboti va posterini tegishli tizimga yuklash talab etiladi.
MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing (PURE yozgi tadqiqot dasturi talablariga qarang).
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2025-yil, 11-aprelgacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA onlayn tarzda toʻldiriladi va topshiriladi (Dastlab “Apply Now” tugmasini bosib, akkaunt yarating).
Arizani toʻldirishda nomzodlar oʻziga mos 6 tagacha tadqiqot loyihasini tanlashi mumkin. Agar nomzod dasturg qabul qilinsa, oʻzi tanlagan loyihalardan biriga biriktiriladi. Loyihalar ustuvorlik ketma-ketligida tanlanishi kerak.
Shuningdek, ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Universitetda olingan baholar (ingliz tilida).
- Maqsad bayoni (statement of purpose).
- 2 tagacha tavsiyanoma.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.