×

PURE: Turkiyaning Sabachi universitetida 8 haftalik amaliyot – xarajatlar toʻliq qoplanadi!


Grant

MUHLAT

23.04.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

4318 marta

Turkiyaning Sabachi universiteti (Sabancı University) 2024-yilgi Program for Undergraduate Research (PURE) yozgi tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Bu dastur doirasida ishtirokchilar Sabachi universiteti professorlari boshchiligidagi turli tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkoniga ega boʻladi. Bu dasturning maqsadi bakalavriat talabalarini taʼlimning dastlabki bosqichida haqiqiy tadqiqot masalalari bilan tanishtirishdir.

Dastur doirasida ishtirok etish mumkin boʻlgan tadqiqot loyihalari soni 54 ta boʻlib, ular bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

PURE yozgi tadqiqot dasturi mashgʻulotlari 2024-yil 8-iyuldan 29-avgustgacha davom etadi. Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Ushbu dasturga ariza topshirish bepul.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturga qabul qilingan barcha ishtirokchilar bepul turar joy bilan taʼminlanadi hamda ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Shuningdek, eng sara ishtirokchilarga bepul turar joydan tashqari quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Oyiga 6500 lira (taxminan 200 AQSH dollari) oylik stipendiya.
  • Turkiyaga borish va Turkiyadan qaytish xarajatlari qoplanadi.
  • Ishtirok etish bepul.

Shuningdek, dasturli muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Barcha ishtirokchilar safar va tibbiy sugʻurta qildirishi va ularning xarajatlarini oʻz hisobidan qoplashi kerak.

Talablar:

Dastur shartlari va nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan mamlakat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Turkiya fuqarosi boʻlmagan nomzodlar faqat PURE yozgi tadqiqot dasturida qatnasha oladi (bahorgi va kuzgi dasturda qatnasha olmaydi).
  • Dasturda faqat bakalavriat talabalari qatnashishi mumkin.
  • Nomzodlar ingliz tilida tadqiqot olib borish, tadqiqot yuzasidan muloqot qilish, taqdimot va hisobotlar tayyorlash darajasida bilishi kerak.
  • Dastur doirasida turli seminarlar tashkil qilinadi va ishtirokchilar bu seminarlarning kamida 3 tasiga qatnashishi kerak.
  • Nomzodlar oʻzlari tanlagan tadqiqot sohalari boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi kerak. Tadqiqot loyihalari bilan BU YERDA tanishing.
  • Ishtirokchilardan belgilangan tegishli sanalargacha taqdimot tayyorlsh, tadqiqot hisoboti va posterini tegishli tizimga yuklash talab etiladi.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishib  chiqing (PURE yozgi tadqiqot dasturi talablariga qarang).

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil, 22-aprel soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA onlayn tarzda toʻldiriladi va topshiriladi.

Arizani toʻldirishda nomzodlar oʻziga mos 6 tagacha tadqiqot loyihasini tanlashi mumkin. Agar nomzod dasturg qabul qilinsa, oʻzi tanlagan loyihalardan biriga biriktiriladi. Loyihalar ustuvorlik ketma-ketligida tanlanishi kerak. Loyihalarni tanlash uchun “Add items” tugmasini bosing.

Shuningdek, ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Universitetda olingan baholar (ingliz tilida). Bu hujjatni PDF, JPG, JPEG yoki PNG shaklida yuklash mumkin.
  • Maqsad bayoni (statement of purpose). Bu bevosita ajratilgan maydonga ingliz yoziladi.
  • 2 nafar tavsiya beruvchining ism-familiyasi va kontakt maʼlumotlari. Tavsiya beruvchilarga tavsiyanomani yozish boʻyicha koʻrsatmalar email orqali yuboriladi. Tavsiya beruvchilar 2024-yil, 22-aprel soat 18:00 gacha tavsiyanomalarni (ingliz tilida) tizimga yuklashi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!