×

Garvard universiteti: Doktorantlar uchun 26 000 AQSH dollarlik stipendiya dasturi!


Grant

MUHLAT

08.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3031 marta

Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri – Garvard universiteti tarkibidagi Garvard Yuridik Oliy maktabining Kelishuv Dasturi fakulteti – Harvard Law School The Program on Negotiation (PON) 2019-2020-oʻquv yiliga mo’ljallangan PON Graduate Research Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya bir yil davomida beriladi. The Program on Negotiationning maqsadidan kelib chiqqan holda stipendiya dasturi boʻlajak yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot ishi olib borish hamda himoya qilishda ragʻbatlantirish, shuningdek, oliygohda mavjud boʻlgan maʼlumot bazalaridan foydalanish, munozaralar boʻyicha muqobil yechimlar topishda amaliy yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Stipendiya dasturi doktoranturada bosqichida taʼlim olayotgan hamda nizolarni kelishuv yo’li bilan hal qilish va shunga oid sohalarda tadqiqot olib borayotganlar uchun moʻljallangan boʻlib, dastur nomzodlarga dissertatsiya ishini yozishda bir yil mobaynida amaliy yordam koʻrsatadi.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada tahsil olayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Bir yilga 26000 AQSH dollari miqdorida stipendiya beriladi.
  2. Jamoaviy ish muhiti va tadqiqot ishiga bogʻliq PON obyektlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
  3. Tadqiqot ishi himoyasini Garvardda oʻtkazish imkoni beriladi.
  4. PON byulleteni boʻlgan Negotiation Briefingsga bir yillik bepul obuna ta’minlanadi.
  5. Nomzod Garvard kutubxonasidan foydalansih va boshqa imtiyozlarga ega bo’ladi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar stipendiya dasturi davomida Cambridge Community hududida yashashlariga toʻgʻri keladi. Shuningdek, doktorantlar tahsil olish jarayonida PON konsorsiumi boʻlgan – Massachusets Texnologiya universiteti, Tafts universiteti va boshqa Boston hududida joylashgan oliygohlarda, shu bilan birga, Garvard universitetida tashkil etiladigan barcha tadbir, fanlararo qoʻshma seminar, fakultet seminari kabilarda ishtirok etadilar.

*Stipendiya dasturi tibbiy sugʻurta toʻlovini qoplashni nazarda tutmaydi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklov yoʻq).
  2. Nomzod magistrlik darajasiga ega va doktoranturada tahsil olayotgan boʻllishi kerak.
  3. Quyidagi yoʻnalishlardan biri boʻyicha tadqiqot olib borayotgan boʻlishi kerak:
  • Iqtisodiyot;
  • Psixologiya;
  • Sotsiologiya;
  • Antropologiya;
  • Xalqaro munosabatlar;
  • Davlat siyosati;
  • Shaharlarni loyihalashtirish;
  • Biznes va huquq.
  1. Shuningdek, huquqshunoslik sohasida tadqiqot ishi olib borayotgan bitiruvchilar dissertatsiya mavzusiga oid tadqiqotlarga mos holda ushbu dasturda ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar tadqiqot ishining dolzarbligi, akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 8-fevralga qadar qabul qilinadi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Titul sahifasida quyidagi maʼlumotlar berilishi lozim:
  • F.I.Sh;
  • Universitet va dastur;
  • Elektron pochta manzili;
  • Pochta maʼlumotlari;
  • Telefon raqami;
  • PON da oʻqish davomida yashash uchun viza zaruriyati koʻrsatilishi kerak.
  1. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan holatda nomzodning Kembrij hududida yashashga roziligi koʻrsatilgan yoʻllanma xat;
  2. Taklif etilayotgan tadqiqot toʻgʻrisida 15 betdan oshmagan maʼlumot;
  3. Barcha asosiy xarajatlarni nazarda tutgan holda tadqiqot ishiga sarflanadigan mablagʻ, shuningdek qoʻshimcha moliyalashtirish manbalari koʻrsatilishi kerak;
  4. Rezyume;
  5. Aspirantura/doktorantura dasturida oʻqiyotganligingiz va dissertatsiya haqida masʼul tashkilot tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
  6. Ikkita tavsiyanoma: ulardan biri ilmiy ishga rahbarlik qiladigan professor-oʻqituvchi tomonidan berilishi va har ikkala tavsiyanoma universitet rasmiy blankiga yozilgan boʻlishi kerak.

Universitetda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar va stipendiya dasturi ishtirokchilarining birgalikdagi faoliyati oliygoh tomonidan ragʻbatlantiriladi. Universitetda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va oʻqituvchilar tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot: SHU YERDA. PON fakultetining barcha xodimlari haqida esa: SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Avvalgi yillarda gʻolib boʻlgan stipendiatlar haqida maʼlumot: SHU YERDA.

Barcha hujjatlar 2019-yil 8-fevral (juma) kunigacha quyidagi koʻrsatilgan manzilga elektron pochta orqali joʻnatilishi zarur: dlong@law.harvard.edu  (masʼul shaxs: Diane Long).

Manzil: Program on Negotiation at Harvard Law School 1563 Massachusetts Ave. Pound Hall 501, Cambridge, MA 02138

Telefon: (617) 496-5541.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!