×

Puchi Award: barcha tillardagi badiiy va rasmli kitoblar uchun 8000 yevro mukofot!


Grant

MUHLAT

18.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1833 marta

La Casa Encendida va Fulgencio Pimentel tomonidan tashkil etilgan Puchi Award yozuvchilar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda har qanday janrdagi yoki shakldagi kitoblar bilan ishtirok etish mumkin: badiiy, badiiy adabiyot, she’riyat, romanlar, komikslar, rasmli kitoblar, insholar, geografiya kitoblari, yuqorida keltirilganlarning kombinatsiyasi yoki boshqa har qanday ko’rinishdagi kitoblar qabul qilinadi.

Tanlovda istalgan millat, davlat va soha vakillari badiiy va tasviriy (grafik) kitoblari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning maqsadi yuqori sifatli, ta’sirli va ijodkorlik darajasi yuqori asarlarni e’tirof etish.

Grant kimlar uchun?

Yozuvchi va ijodkorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’olibiga 8000 yevro pul mukofoti beriladi va kitobi Fulgencio Pimentel nashri tomonidan chop etiladi.

Talablar:

  • Tanlovda voyaga yetgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovga ilgari hech qayerda chop etilmagan, ishtirokchining o’zi tayyorlagan kitoblar qabul qilinadi.
  • Tanlovga topshirilgan kitoblarda muallifning asl ism-sharifi yoki taxallusi ko’rsatilishi kerak.
  • Kitob istalgan tilda yozilgan bo’lishi mumkin, ammo kamida ikki betdan iborat umumiy tarjimasi ham jo’natilishi lozim.
  • Kitob chop etilgandan keyin muallif uni qayta chop etish, tarqatish va o’zgartirish huquqini saqlab qoladi.
  • Kitob chop etilgach, g’olibga 25 ta nusxasi bepul jo’natiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2021-yil 18-fevralgacha  bu yerda qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar:

  • Ariza
  • CV
  • Pasport nusxasi
  • Kitob haqida qisqacha bayon va motivatsion insho (probellarni qo’shib sanaganda 2000 belgi)
  • Chop etishda inobatga olinishi kerak masalalar haqida qisqacha (1000 belgi)
  • Tanlovga taqdim etiladigan kitob
  • Kitobning kamida 2 bet ingliz tiliga tarjimasi.

Kitob istalgan tilda qolishi mumkin, ammo arizaning barcha qismlari ingliz tilida topshirilishi shart. Hujjatlarning hajmi 15MBdan, rasmlarning hajmi 10MBdan (o’lchami 900 x 540) oshmasligi kerak. Suratlarning soni 15 tadan oshmasligi zarur. Savollaringiz bo’lsa, bu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!