×

Qatar: Bakalavriat bosqichlari uchun toʻliq grantlar; yashash va oʻquv qurollari xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

05.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qatar

O'QILGAN

4325 marta

Qatarning Doha shahrida joylashgan Qatar University bakalavriat kurslari uchun Scholarships dasturi doirasida bir nechta grantlarga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet bakalavriat bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar bir yilgacha beriladi. Universitet quyidagi grantlarni taklif etadi:

  • Qatar University Scholarship
  • Outstanding Performance Scholarship

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda kontrakt toʻlovi tanlangan yoʻnalishga qarab farq qiladi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.

Universitet nomzodlarga 1 yilgacha muddatga quyidagi grantlarni taklif etadi:

  • Qatar University Scholarship
  • Outstanding Performance Scholarship

Barcha grant dasturlari oʻqish puli va kitoblar uchun satflarni qoplaydi hamda yashash xarajatlarini ham toʻlashi mumkin. Grantlar haqida toʻliq ma’lumot va kerakli hujjatlarni shu yerda batafsil oʻrganib chiqing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod qaysi grantga va bosqichga talabgorligiga qarab yaxshi/aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi zarur. Deyarli barcha grantlarga GPA 4,0 dan kamida 3,50-3.75 ball/ 100 dan 95 % yaxshi baholar talab qilinadi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. IELTS kamida 5,5/TOEFL kamida 55-60 balldan boshlanadi.
  5. Nomzod 12 yillik ta’lim – attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.

Talablar tanlangan kurs va grantga qarab farq qiladi. Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shunig uchun avval oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Dedlayn- 5-noyabr.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab programs boʻlimidan kerakli kursni tanlang.
  • Shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Kirish talablari bilan tanishing.
  • Onlayn tarzda ariza shaklini toʻldiring.
  • Ariza koʻrib chiqilishi uchun 200 QR (taxminan 55 USD) badal toʻlash kerak.
  • Arizaga ilova qilinadigan barcha hujjatlarni quyidagi manziliga pochta orqali joʻnating:

Undergraduate Admissions

Admissions Department

Qatar University

PO Box 2713

Doha, Qatar

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 5,5/TOEFL kamida 60 ball yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida ma’lumot.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Esse/motivatsion xat/ish tajribasi haqida ma’lumot soʻralishi mumkin.
  • CV/resume talab qilinishi mumkin.
  • Tanlangan yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar ham soʻralishi lumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va ijtimoiy faolligi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: studentrecruitment@qu.edu.qa manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!