×

Qatar University Scholarship: Qatarda bakalavr kurslari uchun bepul o’qish, yotoqxona, darsliklar va aviachipta!


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qatar

O'QILGAN

7155 marta

Qatarda joylashgan Qatar Universiteti tomonidan taqdim etiladigan Qatar University Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Qatar universitetida o’qitiladigan bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan xorijlik talabalar uchun ajratilgan va nomzodning yutuqlari asosida belgilanadi. Universitetda faqat qizlar uchun, faqat yigitlar uchun va aralash kurslar mavjud. Kurslar arab va ingliz tillarida o’qitiladi – ba’zi kurslar faqat arab tilida, ba’zi kurslar faqat ingliz tilida, ba’zilari ikkalasida ham o’qitilishi mumkin. Barcha kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talaba o’qish va yotoqxona to’lovidan ozod qilinadi. Unga darsliklar va borish-kelish aviachiptalari olib beriladi. Talabaning baholari pasayib ketmasa, grant o’qishning keyingi yili uchun ham ta’minlanadi

Talablar:

  • Nomzod maktab/kollej/litseyni 2021-yil kuzgacha tamomlashi kerak. Baholari kamida 70% bo’lishi shart (stomatologiya uchun kamida 85%). 
  • Qatar Universiteti bakalavr kurslariga qabul uchun nomzoddan 12 yillik majburiy ta’lim olganlik talab etiladi. 11 yillik maktab bitiruvchilari qabul talablarini aniqlashtirib olish uchun Qatar Universitetiga ingliz yoki arab tilida e-mail yuborishlari kerak.
  • O’qishga qabul uchun matematika va ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi. Bunda ingliz tili darajasini ko’rsatish uchun kamida IELTS 5,5 yoki TOEFL IBT 61, matematika uchun ACT 24 yoki SAT (yangi formatida) 570 / (eski formatida) 550 sertifikatlari talab etiladi. Matematikadan ACT/SAT topshirmagan nomzodlar Qatar universiteti matematika imtihonida qatnashib, kamida 235 ball to’qlashi shart. Batafsil
  • Nomzod o’zi tanlagan kurs qaysi tilda o’qitilsa, shu tilni yaxshi bilishi kerak (ingliz yoki arab. Ba’zan ikkalasi ham talab qilinadi). 

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi, bakalavr kursiga hujjat topshirsangiz, arizangiz grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Bakalavr kurslariga arizalar 2021-yil 1-martga qadar bu yerda topshiriladi. Kerakli hujjatlar:

Natijalar 9-may kuni e’lon qilinadi. O’qish 15-avgustda boshlanadi. Murojaat uchun: info@qu.edu.qa, (+974) 4403-3333.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!