×

Qirg‘iziston: Jurnalistlar uchun 3 kunlik konferensiya!


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1337 marta

Qirg’izistonning Школа Данных Кыргызстан Bishkek shahrida bo’lib o’tadigan LAMPA 2020 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Dasturda jurnalistlar qatnashishlari mumkin. Seminar dasturi asosan media, ma’lumotlar va innovatsion usullar orqali jurnalistika sifatini oshirishga qaratilgan. Dastur 2020-yilning 3-4-5-aprel kunlari Qirg’izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.

Grant kimlar uchun?

Media, ma’lumotlar bilan ishilash sohasida faoliyat olib borayotgan journalist, jurnalistika o‘qituvchisi, mediamenejer, dizayner, analitik yoki tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan nomzodlarning barcha xarajatlari to‘liq qoplab berilishi mumkin. Buning uchun ariza shakli to’ldirayotganda sizga travel-grant kerakligi haqida yozing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston, Ukraina va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi kerak.
  2. Nomzod media, ma’lumotlar bilan ishilash sohasida faoliyat olib borayotgan journalist, jurnalistika o‘qituvchisi, mediamenejer, dizayner, analitik yoki tadqiqotchi bo‘lishi mumkin.
  3. Nomzod rus tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga 2020-yil 1-martgacha hujjat topshirish mumkin. Dasturda ishtirok etish uchun shu yerda anketani to‘ldirish kerak bo‘ladi.

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish hamda bog’lanish uchun tashkilotchiling feysbukdagi sahifasiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!