×

Qirgʻiziston: Jurnalistlar uchun toʻrt haftalik yozgi institut; barcha xarajatlar qoplanadi; stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1918 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Meridian International Center  tashkiloti Markaziy Osiyolik jurnalistlarni American University of Central Asiada boʻlib oʻtadigan 2019 Central Asian Journalism Summer Institute dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur AQSh Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtiriladi. Dasturning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo davlatlari jurnalistlarning professional darajasini koʻtarish, ma’lumotlar bazasi, raqamli media, ijtimoiy tarmoqlar, manbalarni tekshirish va informatsiya tarqalib ketishi boʻyicha bilimlarini oshirishdir. Dastur 2019-yil 15-iyuldan 9-avgustgacha 4 hafta muddat davom etadi. Dastur Qirgʻizistonning Bishkek shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Markaziy Osiyolik jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar grant yutib olgan nomzodning dasturda ishtirok etadigan 2019-yil 15-iyuldan 9-avgustgacha 4 hafta davomida transport, turar joy, yashash va boshqa barcha xarajatlarini toʻliq qoplaydi va kunlik stipendiya ajratadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod 2019-yil 15-iyul holatiga 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  3. Nomzod journalist yoki jurnalistika fakulteti/instituti/universiteti talabasi boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz va/yoki rus tilini juda yaxshi bilishi lozim.
  5. Nomzod soha boʻyicha chuqur bilim va tajribaga ega boʻlishi zarur.
  6. Nomzod Markaziy Osiyoda mustaqil jurnalistlar tarmogʻini tashkil etishi kerak.
  7. Nomzod liderlik, professional oʻsishga ishtiyoq va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 31-maygacha qabul qilinadi. Grantga ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza va barcha hujjatlar ingliz yoki rus tilida boʻlishi kerak.

Ingliz tilidagi onlayn-ariza yoki rus tilidagi onlayn-arizani toʻldirib, soʻralgan hujjatlar bilan birga dedlaynga qadar joʻnatish lozim.

Grantga ariza berish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda CASummerInstitute@meridian.org  manziliga murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza onlayn tarzda ingliz yoki rus tilida toʻldiriladi.
  2. 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomani hozir ishlayotgan ishxona boshligʻi va ilmiy rahbar yozishi va togʻridan-toʻgʻri Merdian kompaniyasiga joʻnatishi kerak.
  3. 2 ta yaqinda e’lon qilingan ish topshiriladi.

Nomzodlar ish tajribasi, liderlik qobiliyati, tashabbuskorligi, ingliz tilini bilishi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa vaqt ichida maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: CASummerInstitute@meridian.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!