×

Qirgʻiziston: Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi mavzusida 4 kunlik konferensiya; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

19.09.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

2575 marta

Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosayi vazirligi, Germaniyaning GIZ tashkiloti va yana bir qancha xalqaro tashkilotlar hamkorlikda “Kelajak yoshlari: Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi boʻyicha mintaqaviy yoshlar konferensiyasi” nomli konferensiyani tashkillashtirmoqda.

Konferensiya 2022-yil 24-27-oktabr kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi. Konferensiyada ishtirok etish uchun ingliz yoki rus tilini bilish talab etiladi. Konferensiyada talabalar va yosh mutaxassislar qatnashishi mumkin.

Bu konferensiya iqlim oʻzgarishidan kelib chiqadigan koʻplab xavf va muammolar, jumladan, uning Markaziy Osiyodagi xavfsizlikka taʼsiri haqida xabardorlikni oshirish, ularni hal qilishda yoshlarning roli va ishtirokini muhokama qilish, ilgʻor tajriba va olingan saboqlarni almashish uchun platforma boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek ushbu muammolarni birgalikda hal qilish uchun yoshlar oʻrtasida hamkorlik, sheriklik va tarmoq yaratish imkoniyatlarini koʻrib chiqiladi.

Konferensiya uchun saralab olingan ishtirokchilar oktabr oyi boshlarida (1-7-oktabr) onlayn seminarda qatnashishlari kerak boʻladi.

Mazkur konferensiya natijalari 2022-yil noyabrda Misrda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim oʻzgarishi haqidagi konvensiyasi doirasida boʻlib oʻtadigan Tomonlar konferensiyasi 27-sessiyasi (COP 27) va 17-yoshlar konferensiyasida (COY 17) ishlatiladi.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyada ishtirok etish uchun qabul qilinganlar quyidagi moddiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Qirgʻizistonga borish va qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
  • Konferensiya davomida turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
  • Dastur davomidagi barcha tadbirlarga qatnashi uchun transport xarajatlari qoplanadi.
  • GIZ tashkiloti konferensiyaning bir nafar ishtirokchisining 2022-yil 22-24-noyabr kunlari Berlinda oʻtkaziladigan Yoshlar forumiga qatnashishini moliyalashtiradi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod Oʻzbekiston, Qozogʻizton, Turkmaniston, Tojikiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Ariza topshirish vaqtida 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar ishtirok etishi mumkin.
  • Ingliz va/yoki rus tilida erkin muloqot qila olish lozim.
  • Iqlim oʻzgarishi muammolari bilan bogʻliq yoshlar va tashabbuslarni targʻib qilish boʻyicha tadbirlarda avval ishtirok etganlik tajribasi hisobga olinadi.
  • Xorijga chiqish pasportiga ega boʻlish va uning amal qilish muddati tugashiga 2022-yil sentabr oyida hisoblaganda kamida 8 oy vaqt qolgan boʻlishi kerak.
  • 2022-yil 1-7-oktabrdagi onlayn seminarda va 24-27-oktabr Bishkekdagi konferensiya tadbirlarida ishtirok eta olish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Konferensiya uchun arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 18-noyabr 21:59 gacha topshirilishi lozim. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi.

Ariza shaklini toʻldirishda quyidagi hujjatlarni yuklash talab etiladi:

  • Ingliz yoki rus tilida rezyume (maksimal 2 bet, Times New Roman 12 shriftida).
  • Quyidagi savollarga shaxsiy fikr / qarash / mulohazalarni ochib beradigan javoblarni oʻz ichiga olgan esse topshirilishi kerak (maksimal 2 betli matn insho yoki 5 daqiqali video orqali):
    – Bu konferensiyada qatnashish uchun motivatsiyangiz va konferensiyadan nimalar kutayotganingizni yoritib bering.
    – Sizningcha, Markaziy Osiyoda iqlim bilan bogʻliq 5 ta muammo (chellenje) nimalardan iborat va ular mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka qanday taʼsir qilishi mumkin?
    – Iqlim oʻzgarishi va uning xavfsizlikka taʼsiri boʻyicha Markaziy Osiyo yoshlar tarmogʻiga qanday hissa qoʻsha olasiz?
    – Markaziy Osiyodagi yoshlar COY 17 va COP 27 ga yetkazishlari kerak boʻlgan uchta asosiy xabar nima?

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur haqidagi batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!