×

Qirg’iziston: Xarajatlari to’liq qoplanadigan ilmiy konferensiya


Grant

MUHLAT

15.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

3334 marta

Qirg’izistonning Bishkek shahrida 2018-yilning 11-14-oktabr kunlari “Central Asian Security: Factors of Fragility, Sources of Resilience” mavzusida bo’lib o’tadigan ilmiy konferensiya uchun arizalar qabul qilinmoqda. Konferensiya tashkilotchilarning ikki alohida konferensiyalarining jamlangan yangi modeli bo’lib, unga turli seminarlar, ma’ruzalar va qo’shimcha dasturlar kiritilgan. Dastur dunyoning eng yirik mintaqaviy himoya tashkiloti – Organization for Security and Co-operation in Europe (OSCE) tomonidan tashkillashtirilgan.

Dasturda qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan maqolalar va tatqiqot hisobotlari ko’rib chiqiladi. Konferensiyada qatnashchilar umumiy mavzu doirasidagi muammolarga yangicha nazariy yondashuvlar, amaliyotdan olingan dalillar va mintaqaviy hamda davlatlararo istiqbollarni yoritib beruvchi materiallari bilan ishtirok etadilar. Maqola va tatqiqot hisobotlari asosiy mavzu doirasidagi turli mavzularda bo’lishi mumkin, masalan:

  • the renewed role of Uzbekistan and how it affects Central Asian regional inter-governmental dynamics;
  • the evolving and ever-topical implications of China’s Bridge and Road Initiative;
  • the instability and fragile status quo, amid the need for political change, in Afghanistan, and
  • comparative analyses and discussions of regions other than Central Asia, and how they relate to Central Asian futures.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar va olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Konferensiyaning hisoboti keyinchalik nashr qilinadi. Eng sara materiallar rus tiliga tarjima qilinib, OSCE’ning 2018-yilgi yilnomasiga kiritladi. OSCE yilnomasi bilan bu yerda Bishkek OSCE Akademiyasi haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
  2. Moddiy yordam granti ajratilgan qatnashchilarning safar va turar joy xarajatlari to’liq qoplanadi.

Talablar:

Ilmiy konferensiyada qatnashishni xohlovchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni securityconference2018@osce-academy.net elektron manziliga, 2018-yil 15-avgustdan kechiktirmay jo’natishlari zarur. Elektron xat sarlavhasiga “Application” deb yozish kerak.

  1. Qisqacha muqaddima (maqola yoki hisobotning qisqacha mazmuni, ko’pi bilan 300 ta so’z yozish mumkin).
  2. CV.
  3. Qisqacha tarjimai hol (taxminan 200 so’z yozish mumkin).

Sayohat va turar-joy xarajatlari uchun moddiy yordam zarur bo’lgan nomzodlar hujjatlari jonatayotganda email matniga bu haqida yozib qo’yishlari kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Eslatmalar

  • Natijalar 2018-yil 30-avgustgacha e’lon qilinadi.
  • Konferensiyada reportyorlik qilishni xohlovchi nomzodlar bu haqda email orqali xabar berishlari kerak. Reportyorlarga gonorar beriladi.
  • Ma’lumot uchun: securityconference2018@osce-academy.net.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!