×

Qirgʻiziston: Yosh tadqiqotchi va olimlar uchun 3 kunlik seminar; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

3237 marta

Qirgʻizistondagi OSCE Akademiyasi Germaniyaning Sharq va Leibniz Janubi-sharq tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda yosh akademiklar va olimlar uchun Bishkekda 2021-yilning 4-6-oktyabr kunlari “Human Rights in Central Asia: Troubled Nexuses between Internationalization, Nation Building and Civil Society” mavzusida xalqaro seminar tashkil etmoqda.

Seminar Markaziy Osiyoda inson huquqlari siyosatida xalqarolashtirish va davlatchilikni shakllantirish oʻrtasidagi ziddiyatlarni yaxshiroq tushunishga bagʻishlangan. Ishtirokchilar hozirgi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sharoitlar ostida Markaziy Osiyoda inson huquqlari qonun ustuvorligini taʼminlashga diqqat qaratilgan holda muammolar, shuningdek, eng yaxshi amaliyotlar akademik nuqtayi nazardan muhokama qilinadi.

Seminarga Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekistondan jami 8 nafargacha yosh olimlar tanlab olinadi. Markaziy Osiyoda siyosiy fanlar, huquqshunoslik, antropologiya, sotsiologiya va shu kabi boshqa sohalar vakili boʻlgan, Markaziy Osiyoda inson huquqlari borasida ish olib borayotgan yosh akademiklar va olimlar ariza topshirishi mumkin.

Seminar aralash shaklda (baʼzilar onlayn, baʼzilar oflayn qatnashgan holda) yoki toʻliq onlayn shaklda 9agar COVID tufayli majbur boʻlinsa) oʻtkaziladi.

Grant kimlar uchun?

Predoktorantlar, PhD bosqichi talabalari, shuningdek, faoliyatini yaqinda boshlagan postdoktorantlar va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlarning Bishkekka borish va kelish hamda turar joy xarajatlari qoplanadi (agar COVID sababli borish imkonsiz boʻlib qolmasa).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston yoki Oʻzbekistondan boʻlgan Predoktorantlar, PhD bosqichi talabalari, shuningdek, faoliyatini yaqinda boshlagan postdoktorantlar va tadqiqotchilar ariza topshira oladi.
  • Nomzodlar Markaziy Osiyoda siyosiy fanlar, huquqshunoslik, antropologiya, sotsiologiya va shu kabi boshqa sohalar vakili boʻlishi, Markaziy Osiyoda inson huquqlari borasida ish olib borayotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (seminar va ishtirokchilarning taqdimotlari ingliz tilida boʻladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yilning 15-avgustiga qadar qabul qilinadi.

Ishtirokchilardan quyidagi hujjatlarni topshirish talab etiladi:

  • CV.
  • Bir etli motivatsiya xati, unda nomzod oʻz faoliyati va inson huquqlari borasidagi ishlarini ham tanishtirishi kerak.
  • Seminar davomida nomzod taqdim qilmoqchi boʻlgan, seminar mavzusiga mos akademik loyiha haqida abstrakt (maksimal 500 soʻz boʻlishi kerak).

Yuqoridagi hujjatlar ingliz tilida, bitta PDF faylga birlashtirilgan holda 2021-yilning 15-avggustigacha quyidagi elektron pochta manzillariga yuborilishi lozim: a.mihr@osce-academy.net (Prof. Anja Mihr, OSCE Academy in Bishkek) va pavlicek@ios-regensburg.de (Samuel Pavlicek, IOS Regensburg). Elekton xabar mavzusiga (Subject) “Academic Workshop Bishkek” deb yozilishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin seminar haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!