×

Yaponiya: Kyoto va Osakada qishki oromgoh!


Grant

MUHLAT

10.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3221 marta

Yapon madaniyati bilan yaqindan tanishishni xohlaysizmi? Yaponiyaga sayohat qilishni va yangi do’stlar orttirishnichi? AYFN qishki madaniy lageri sizga buu imkoniyatni taqdim etadi! 2019-yilning 15-19-yanvar kunlari Yaponiyaning Osaka va Kyoto shaharlariga sayohat ko’rinishida o’tadigan ushbu oromgohda barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin. Ushbu qishki oromgoh tashrif buyuruvchilarni Yapon madaniyati va xalqi bilan yaqindan tanishtirish va ularga go’zal Kyoto va Osaka shaharlariga sayohat qilish imkoniyatini yaratish uchun tashkillashtirilgan. Oromgoh mashg’ulotlari har kuni ertalab soat 07:00dan kech soat 17:00gacha davom etadi va qatnashchilar bo’sh vaqtlarida shahar kezishlari, do’kon aylanishlari va vaqtlarini o’zlari istagancha o’tkazishlari mumkin bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Bracha yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

IYFN qishki madaniy oromgohida ishtirok etish sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  1. Yaponiyaning eng mashhur shaharlaridan biri bo’lgan Kyoto shahrida 5 kun o’tkazish.
  2. Yapon xalqi va madaniyatini to’g’ridan-to’g’ri o’rganish.
  3. Shaharlarning qish faslidagi o’ziga xos tarovatidan bahramand bo’lish.
  4. Yaponiyadagi super tezlikda harakat qiladigan poyezdga shaxsan guvoh bo’lish. “Shinkansen” deb nomlanadigan ushbu tezyurar poyezdlar tizimini ingliz tilida “bullet train” deb atashadi, chunki bu poyezdlarning tezligini o’qqa qiyoslashadi.
  5. Oromgoh davomida Kyoto va Osaka shaharlarining tarixiy hududlariga sayohat qilish.
  6. Mahalliy aholi bilan yaqindan tanishish va bu orqali haqiqiy Yapon muhitida yashash.
  7. Yapon oshxonasi bilan tanishish.

Oromgohda ishtirok etish narxlari quyidagicha:

  • Oromgohda birinchi marta ishtirok etayotgan qatnashchilar uchun – 600 AQSh dollari;
  • 10-oktabrgacha ro’yxatdan o’tgan qatnashchilar uchun – 550 AQSh dollari;
  • Ushbu dasturda avval ham ishtirok etgan qatnashchilar uchun – 500 AQSh dollari. Kamida 4 kishidan iborat guruh sifatida ishtirok etishda ham har bir qatnashchi 500 AQSh dollardan to’lov amalga oshirishlari kerak bo’ladi.

Ushbu to’lovlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Uch yulduzli mehmonxonada yashash;
  • Nonushta va tushlik;
  • Kyotoga yetib kelgan ishtirokchilarni mehmonxonaga olib ketish;
  • Oromgohdagi barcha mashg’ulotlar;
  • Turizm uchun mo’ljallangan hududlarga chipta;
  • Mahalliy transport (poyezd va avtobus);
  • Sertifikat;
  • Yaponiya hududidagi barcha ma’muriy ro’yxatdan o’tish ishlari;
  • Oromgoh davomida qatnashchining qo’llab-quvvatlanishi.

To’lov viza, aviachipta, oromgoh so’nggida qaytib ketish va ko’rsatilgandan tashqari xarajatlarni o’z ichiga olmaydi.

Talablar:

Oromgohda quyidagi talablarga mos shaxslar ishtirok etishi mumkin:

  1. Nomzod 15-30 yoshda bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ruhan va jismonan salomat bo’lishi kerak.
  3. Nomzod oromgohda qatnashish to’lovini to’lash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur.
  4. Nomzod oromgoh tugagunicha barcha mashg’ulotlarda ishtirok eta olishi kerak.
  5. Nomzod yangi muhit va odamlarga ko’nikuvchan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Oromgohga hujjat topshirish uchun onlayn ariza topshirish zarur. oromgoh uchun 20 ta o’rin mavjud va arizalar shu kvota to’lgunicha qabul qilinadi. Erta ariza  topshirsangiz, qatnashish ehtimolingiz shuncha yuqori bo’ladi. .

Oromgoh mashg’ulotlar jadvali va boshqa tafsilotlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. ma’lumot uchun +62 857 2926 8734 raqamiga qo’ng’iroq qiling yoki matn yo’llang

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!