×

Qozogʻiston: 21-40 yoshli tadqiqotchilar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

04.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

1551 marta

“Markaziy Osiyodagi urush va tinchlik masalalarini yoritish instituti (IWPR CA)” vakolatxonasi toʻrtinchi CABAR.asia Tahlilchilar maktabida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilmoqda. Maktab Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan boʻlgan yosh tadqiqotchilar uchun moʻljallangan.

Maktab maqsadi – Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi dolzarb mavzu va masalalar boʻyicha tahliliy maqolalar yaratish koʻnikmalarini oshirishdir. Toʻrtinchi maktabda axborot urushi mavzusiga alohida urgʻu beriladi.

Ushbu intensiv dastur quyidagi kabi masalalarni oʻz ichiga oladi:

  • Tahliliy maqolalarni qanday yozish mumkin?
  • Maʼlumotlar vizualizatsiyasi uchun qanday vositalar qoʻllaniladi?
  • Tahlil sohasida sunʼiy intellektdan qanday foydalaniladi?
  • Maʼlumotlarga ishlov berish va ularni tahlil qilishning qanday vositalari mavjud?
  • Tahliliy maqolalarni targʻib qilishning qanday samarali strategiyalari bor?

Nazariy qismdan tashqari, siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot va ommaviy axborot vositalari sohasidagi amaliyotchilar bilan tematik uchrashuvlar oʻtkaziladi. Trener sifatida Yevropa, MDH va Markaziy Osiyodan taniqli jurnalistlar hamda siyosiy ekspertlar ishtirok etadi.

Toʻrtinchi tahlilchilar maktadbi Qozogʻistonning Olmaota shahrida, 2021-yilning 15-20-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Maktabga shaxsan tashrif buyurgan holda qatnashish nazarda tutilgan, biroq Markaziy Osiyo davlatlaridagi epidemiologik vaziyatga qarab onlayn boʻlishi ham mumkin.

Maktabning ishchi tili – rus tili.

Grant kimlar uchun?

21-41 yoshli nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Maktabga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Maktabda ishtirok etish bepul va qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat) qoplanadi.
  • Tahlilchilar maktabi bitiruvchilar oʻz maqolalarini www.cabar.asia platformasi hamda hamkor tashkilotlarning jurnal va veb-saytlarida nashr qilish imkoniga ega boʻladi.
  • Ishtirokchilar doimiy ekspertlar uchrashuvlari va konferensiyalarida qatnashish imkoniga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • 21 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar ishtirok etishi mumkin.
  • Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston yoki Turkmaniston fuqarosi boʻlish lozim.
  • Ijtimoiy fanllar (siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, jurnalistika) yoki boshqa aloqador soha boʻyicha bakalavrlik va/yoki magistrlik darajasiga ega boʻlish lozim.
  • Hukumat, xalqaro, notijoriy yoki ommaviy axborot vositalaridagi ish tajribasiga ega boʻlganlik ijobiy baholanadi (lekin ish tajribasiga ega boʻlish majburiy emas).
  • Markaziy Osiyodagi muammolar boʻyicha mavzular va tadqiqotlardagi ishtirok.
  • Markaziy Osiyoga oid masalalar boʻyicha tahliliy tadqiqotlar oʻtkazganlik tajribasi ijobiy baholanadi (lekin bu majburiy emas).
  • Nomzodlar 2021-yl noyabr oyidagi dasturda qatnasha olishi kerak.
  • Saralashda yosh tahlilchilarga ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil, 3-oktabr, Oʻzbekiston vaqti bilan 22:59 ga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlarni saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich. Dasturda qatnashish uchun nomzodlar onlayn arizani toʻldirib, topshirishi lozim. Onlayn ariza quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Rezyume (1 betdan oshmasligi kerak).
  • Motivatsiya xati (250 soʻzdan oshmasligi kerak, bunda mazkur dasturda nega qatnashishni xohlashingizni tushuntirib berasiz).
  • Tahliliy maqola uchun 2 ta mavzu, dastlabki rejalar bilan birga (1 betdan oshmasligi kerak, reja oʻz ichiga muammo, dolzarblik, qisqacha tuzilish, dastlabki tavsiyalarga ega xulosadani oʻz ichiga olishi kerak(.
  • Nomzodning nashr qilingan tahliliy materiallariga havola (agar boʻlsa).

2-bosqich. Intervyu (agar zarur deb topilsa; intervyu onlayn boʻladi).

Qabul natijalari haqida nomzodlarga 20-oktabrga qadar xabar qilinadi.

Majburiy shart: Saralab olingan nomzodlar arizada topshirilgan mavzulardan birini tanlashi, Maktab boshlanishidan oldin maqolaning qoralama nusxasini topshirishi va Maktab davomida / Maktabdan soʻng qoralama nusxani yakunlashi lozim. Maktabda qatnashishning muhim talabi – https://www.cabar.asia portalida kamida bitta tahliliy maqola nashr qilishdir.

Xavfsizlik maqsadida kovidga qarshi vaksina olish tavsiya etiladi. Ishtirokchilardan vaksinalanganlik pasporti (sertifikati) yoki Kovid-19 ga qarshi PSR testining salbiy natijasi talab etiladi.

Batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel.: +996 552 322815
Telegram: +7 988 365 81 68
Email: sergey@iwpr.net

Oldingi maktablar haqidagi umumiy maʼlumot hamda qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi havoladan topishingiz mumkin: https://youngexperts.cabar.asia/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!