×

Qozogʻiston: “Aral Sea Summer School 2021” yozgi maktabi – ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi!


Grant

MUHLAT

21.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

3368 marta

Central Asia Youth for Water (CAY4W) tashkiloti va Qozogʻistondagi Nemis-qozoq universiteti “Yosh yetakchilar – oʻzgarishlar vektori” shiori ostida “Aral Sea Summer School 2021” yozgi maktabini tashkil etmoqda. Yozgi maktab 2021-yilning 10-18-avgust kunlari Qozogʻistonda boʻlib oʻtadi.

Mazkur yozgi maktab Markaziy Osiyo mintaqasi va undan tashqari hududlarning rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan yoshlar uchun moʻljallangan.

Ishtirokchilar yozgi maktab davomida suv sanoati ekspertlari bilan aloqa oʻrnatadi, mintaqaviy va transchegaraviy hamkorlik haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻladi.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshli bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar Markaziy Osiyo davlatlar (Oʻzbekiston ham kiradi) va Afgʻonistondan boʻlgan ishtirokchilarning yozgi maktabga qatnashish badalini toʻlab beradi. Biroq yozgi maktabga qatnashish huquqini qoʻlga kiritganlar COVID-19 ga qarshi test topshirishi, viza va sugʻurta xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichi talabasi boʻlishi kerak. Istalgan mamlakat fuqarolari qatnasha oladi.
  • 18-35 yosh oraligʻida boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini muloqot qila olish darajasida bilishi kerak (rus tilini bilish ham afzallik hisoblanadi).
  • Markaziy Osiyo mintaqasi haqida bilimga ega boʻlishi kerak.
  • Orol dengiziga oid tadqiqot va /yoki ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  • Yozgi maktabda olingan bilimlar va tajribadan foydalanish hamda CAY4W faoliyatining rivojlanishiga oʻz mamlakatida hissa qoʻshishga tayyor boʻlishi kerak.
  • Uchta asosiy mavzudan biriga qiziqish boʻlishi tavsiya etiladi: oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi uchun suv; madaniy rivojlanish uchun suv; iqtisodiy rivojlanish uchun suv.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn shaklda 2021-yilning 25-iyunigacha Oʻzbekiston vaqti bilan 22:59 gacha topshirilishi lozim. Arizada shaxsiy maʼlumotlarni kiritish bilan birga 500 soʻzli motivatsiya inshosini yozish ham talab etiladi. Ariza BU YERDA topshirishingiz mumkin.

Ariza topshirishdan oldin yozgi maktab haqidagi rasmiy eʼlonni oʻqib chiqing:

Ingliz tilida
Rus tilida

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!