×

Qozogʻiston: Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Qozogʻiston hukumati grantlari; joy 550 ta!


Grant

MUHLAT

31.05.2024

QOLGAN VAQT

25 kun

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

6559 marta

Qozogʻiston Respublikasi Fan va oliy taʼlim vazirligi xorijlik talabalarga Qozogʻistondagi universitetlarning bakalavriat, magistratura va PhD dasturlarida oʻqish uchun grantlarni taklif qiladi. Bu grantlarga Qozogʻistondan boshqa istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.

Bu yilgi qabul doirasida jami 550 nafar xorijlik talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Bu grantlar bosqichlar kesimida quyidagicha taqsimlanadi:

  • Bakalavriat bosqichi uchun – 490 ta.
  • Magistratura bosqichi uchun – 50 ta.
  • PhD bosqichi uchun – 10 ta.

Joriy yilda ushbu dastur doirasida oʻqish uchun Qozogʻistonda joylashgan 37 ta ishtirokchi universitetdan birini tanlash mumkin. Bu universitetlarning toʻliq roʻyxatini BU YERDAN topshishingiz mumkin. Nomzodlar kerakli universitetning saytiga kirib, keraki bosqich va yoʻnalishlar bilan tanishib chiqishi va qaysi universitet, bosqich va yoʻnalishga ariza topshirishni tanlashi mumkin. Tanlash mumkin boʻlgan soha (yoʻnalish) cheklanmagan (37 ta universitetda mavjud istalgan sohani tanlash mumkin).

Eslatma: Qozogʻiston universitetlarida darslar asosan rus va qozoq tilida, ayrim dasturlar ingliz tilida oʻqitiladi.

Ishtirokchi universitetlar, ular taklif etadigan yoʻnalishlar va bu yoʻnalishlar qaysi tillarda oʻqitilishi haqida BU YERDA tanishing (kerakli universitetni tanlaysiz).

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar quyidagi moddiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
  • Akademik oʻzlashirish darajasiga qarab, oylik stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

Bakalavriat uchun:

  • Qozogʻistondan boshqa istalgan davlat fuqarolari, jumladan, boshqa davlat fuqarosi boʻlgan qozoq millatli nomzodlar va hozirda Qozogʻistonda yashab turgan boshqa davlat fuqarolari ham ariza topshirishi mumkin.
  • Oʻrta taʼlimni (11 yillik maktab, kollej yoki litseyni) kamida “yaxshi” bahoga (yaʼni 5 lik tizimga kamida 4 bahoga) bitirgan boʻlish kerak.

Magistratura uchun:

  • Qozogʻistondan boshqa istalgan davlat fuqarolari, jumladan, boshqa davlat fuqarosi boʻlgan qozoq millatli nomzodlar va hozirda Qozogʻistonda yashab turgan boshqa davlat fuqarolari ham ariza topshirishi mumkin.
  • Bakalavriat yoki shunga teng boshqa darajaga (diplomga) ega boʻlish GPA koʻrsatkichi 4 lik tizimda kamida 3 boʻlishi kerak. Bu GPA koʻrsatkich 100 lik tizimda 75%, 5 lik tizimda 3,75 ga teng.
  • Chet tilini bilishni tasdiqlovchi quyidagi sertifikatlargan biriga (faqat bittasi boʻlsa, yetarli) ega boʻlish lozim:
    – IELTS Academic – kamida 5.5 ball.
    – TOEFL IBT – kamida 46 ball.
    – TOEFL PBT kamida 453 ball.
    – Nemis tili boʻyicha: Deutsche Sprachpruefung fuer den Hochschulzugang (DSH, Niveau B2/level B2), TestDaF-Prufung (Niveau B2/level B2).
    – Fransuz tili boʻyicha: TFI (Test de Français International™) – oʻqish va tinglash boʻlimi B2 dan past boʻlmasligi kerak, DELF (Diplome d’Etudes en Langue française) – B2 daraja, DALF (Diplome Approfondi de Langue française) – B2 daraja, TCF (Test de connaissance du français) – kamida 50 ball.

PhD bosqichi uchun:

  • Qozogʻistondan boshqa istalgan davlat fuqarolari, jumladan, boshqa davlat fuqarosi boʻlgan qozoq millatli nomzodlar va hozirda Qozogʻistonda yashab turgan boshqa davlat fuqarolari ham ariza topshirishi mumkin.
  • Magistratura yoki shunga teng boshqa darajaga (diplomga) ega boʻlish GPA koʻrsatkichi 4 lik tizimda kamida 3 boʻlishi kerak. Bu GPA koʻrsatkich 100 lik tizimda 75%, 5 lik tizimda 3,75 ga teng.
  • Chet tilini bilishni tasdiqlovchi quyidagi sertifikatlargan biriga (faqat bittasi boʻlsa, yetarli) ega boʻlish lozim:
    – IELTS Academic – kamida 5.5 ball.
    – TOEFL IBT – kamida 46 ball.
    – TOEFL PBT kamida 453 ball.
    – Nemis tili boʻyicha: Deutsche Sprachpruefung fuer den Hochschulzugang (DSH, Niveau B2/level B2), TestDaF-Prufung (Niveau B2/level B2).
    – Fransuz tili boʻyicha: TFI (Test de Français International™) – oʻqish va tinglash boʻlimi B2 dan past boʻlmasligi kerak, DELF (Diplome d’Etudes en Langue française) – B2 daraja, DALF (Diplome Approfondi de Langue française) – B2 daraja, TCF (Test de connaissance du français) – kamida 50 ball.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu grant dasturi uchun arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Arizani ingliz, rus yoki qozoq tilida topshirish mumkin.

Grantga ariza topshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich.Dastlab, grant haqidagi barcha maʼlumotlar bilan tanishib chiqing. Maʼlumotlar bilan quyidagi tillarda tanishish mumkin:

2-bosqich. Kerakli hujjatlarni topshirish orqali roʻyxatdan oʻting. Har bir bosqich uchun qanday hujjatlar talab etilishi haqida quyidagi havolalar oqali tanishish mumkin:

Kerakli hujjatlarni tayyorlab olgach, ushbu platformaga kirib, roʻyxatdan oʻting va hujjatlarni topshiring.

Minimal qabul talablariga javob beruvchi va barcha kerakli hujjatlarni topshirgan nomzodlarning hammasi ushbu grantga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Hujjatlarni topshirgach, Qozogʻistondagi tegishli universitetlardan biri va oʻzingiz oʻqimoqchi boʻlgan yoʻnalishni tanlang.

3-bosqich. Moslashuvchanlik potensiali testini topshirish. Bu test onlayn tarzda oʻtkaziladi.

4-bosqich. Onlayn intervyu. Hujjat topshirish va test bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar onlayn intervyuga taklif qilinadi.

Onlayn intervyudan ham muvaffaqiyatli oʻtganlar grantni qoʻlga kiritgan hisoblanadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing:

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!