×

Qozog‘iston: Bakalavriat talabalari uchun barcha xarajatlar to‘liq qoplanadigan 3 kunlik seminar!


Grant

MUHLAT

25.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

7672 marta

Organization for Security and Co-operation in Europe’s (OSCE) tashkilotining Qozog‘istondagi Nur-Sulton ofisi OSCE CAYN 2019: Dialogue. Data. Digital Security seminarida qatnashishga taklif etadi. Ushbu seminar Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichlari talabalari uchun moʻljallangan. Seminarda talabalar dialog biznes va boshqaruvda ma’lumotlardan soydalanish, xavfsizlikni ta’minlash va raqamli xavfsizlik istiqbollari haqida bahslarda qatnashadilar. .

Seminar 2019-yilning 25-27-iyun kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi Nur-Sulton universitetida bo‘lib o‘tadi. Barcha suhbat va trening, ma’ruzalar ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Seminarda ishtirok etish uchun stipendiyani qoʻlga kiritgan nomzodlarning Qozog‘istonda 2019-yilning 25-27-iyungacha yashash va sayohat qilish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod davlatga kirish uchun viza rasmiylashtirishlari kerak. O‘zbekistonlik nomzodlar Qozog‘istonga borish uchun viza olishlari talab qilinmaydi.
  3. Nomzod ingliz va/yoki rus tilini yaxshi bilishi zarur.
  4. Nomzod bakalavriat talabasi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod 2019-yil 25-may holatiga kamida 18 yosh bo‘lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Seminarga ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Stipendiya uchun nomzodlarning arizalari 2019-yil 25-mayga qadar qabul qilinadi. Shuning uchun stipendiya olishni istagan ishtirokchilar iloji boricha erta ariza topshirishlari zarur. Qo‘shimcha hujjatlar lozim bo‘lganda tashkilotchilar nomzodlarga o‘zlari murojaat qiladilar.

Nomzodlar ijtimoiy faolliklari, a’lo baholari va sohaga oid bilimlari kabilar asosida saralanadi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar qisqa muddat ichida maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: cayn@osce.org

Rasmiy sayt: https://www.osce.org/programme-office-in-nur-sultan

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!