×

Qozog’iston: Barcha xarajatlar qoplanadigan talabalar konferensiyasi!


Grant

MUHLAT

21.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

10865 marta

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (Organization for Security and Cooperation in Europe) 2018-yilning 26-28-iyun kunlari Qozog’istonning Olmota shahrida bo’lib o’tadigan talabalar konferensiyasiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu konferensiyada Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hamda Markaziy Osiyo davlatlari OTMlarida o’qiyotgan iqtidorli talabalar uchrashadilar. Dastur maqsadi – huquqdagi xavfsizlikka oid muammolarni yechish haqida fikr almashish, tanqidiy fikrlash mahoratini oshirish va yoshlarni hamkorlikka chorlash.

Kanferensiya rus va ingliz tilida olib boriladi. Shu sababli, nomzodlar ikkala tilni ham yaxshi bilishi kerak.

Ajratilgan grantlar soni: 5 ta. Qolgan ishtirokchilar xarajatlarni o’zlari qoplashi kerak bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Universitet talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan 5 nafar talaba quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Olmotaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlardan birining yoki O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Mo’guliston yoki Afg’oniston fuqarosi bo’lishi kerak.
  • Nomzod biror OTMda bakalavrlik bosqichida tahsil olayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod 2018-yilning 26-iyunida kamida 18 yoshga to’lgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz va rus tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod dastlab onlayn arizani to’ldirishi kerak. Onlayn arizada nomzod maksimal 500 so’zdan iborat «What are the essential preconditions for innovation to emerge in Central Asia?» mavzusida ingliz tilida insho yozishi yoki Markaziy Osiyoda istalgan sohadagi biror muammoni hal qilish haqidagi 1 daqiqalik videorolik tayyorlab, yuklashi kerak bo’ladi. Video rus yoki ingliz tilida bo’lishi mumkin.

Grantni qo’lga kiritish uchun yana alohida onlayn ariza to’ldirishi kerak. Grantni qo’lga kiritmasdan kanferensiyani o’zida qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritganlar, xarajatlarni o’zlari qoplashi kerak bo’ladi.

Grantga nomzodlar yozilga inshoning sifatida, o’z davlati ijtimoiy hatidagi faoliyati va faolligiga qarab tanaladi.

Eslatma: Arizani imkon qadar ertaroq topshirish tavsiya etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!