×

Qozogʻiston: IdeaChallenge2020; eng yaxshi gʻoyalar tanlovi; yutuq – 12 000 yevrogacha!


Grant

MUHLAT

28.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

4081 marta

Qirgʼiziston, Qozogʼiston, Oʻzbekiston va Tojikistonda yashaydigan, 18 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan barcha yoshlar uchun #ideachallenge2020 gʻoyalar tanlovi eʼlon qilinmoqda. Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlardan jamiyatda ijobiy oʼzgarishlarga olib keladigan, uning rivojiga hissa qoʻshadigan original gʻoya haqidagi bir daqiqalik videoni tasvirga olib taqdim etish talab etiladi. Jarayon quyidagicha:

  1. Bir daqiqalik videoni tasvirga olish va jamiyat uchun foydali gʼoya haqida soʼzlab berish (videoga olishning imkoni boʼlmasa, ariza tashlash boʼlimidagi onlayn arizani toʼldirish mumkin).
  2. Tasvirga olingan videoni #IdeaChallenge2020xeshtegi ostida Instagram tarmogʻiga yuklash zarur.

#ideaChallenge2020 xeshtegidan foydalanib, instagram yoki yutubda video roliklarning namunalarini koʼrish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Markaziy Osiyolik yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Tanlovning eng yaxshi gʼoyalari mualliflari 2020-yil may-iyun oylarida boʼlib oʼtadigan ikki kunlik IdeaFEST festivalida ishtirok etadi. Festival davomida ishtirokchilar goyalari ustida ishlab uni haqiqiy loyihaga aylantirish imkoniga ega boʻladilar.
  • Tanlov finalida ekspertlar hayʼati tomonidan 8 nafar gʼolib aniqlanadi va loyihani amalga oshirish uchun 10 000 dan 12 000 yevrogacha mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston yoki Tojikiston fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod 18-30 yoshda boʻlishi kerak.
  3. Nomzod jamiyatda ijobiy oʼzgarishlarga olib keladigan, uning rivojiga hissa qoʻshadigan original gʻoya haqidagi bir daqiqalik videoni tasvirga olib Instagram tarmogʻiga joylashi zarur.
  4. Videoga olishning imkoni boʻlmagan nomzodlar ariza tashlash boʻlimidagi onlayn arizani toʻldirishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun video/arizalar 2020-yil 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Dastur haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

WhatsApp: +996 555361386

E-mail: idea.challenge.pve@gmail.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!