×

Qozog‘iston: Innovatsion loyihalar tanlovi; mukofot – 26 256 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

29.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

3423 marta

Qozog‘istonning DAR Lab Informatsion texnologiyalar kompaniyasi «Конкурс DAR Lab для инновационных проектов Центральной Азии« tanlovida qatnashishga taklif etadi. Ushbu tanlov o‘z loyihalarini ishlab chiqish va boshlash istagida bo‘lgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonlik IT guruhlar, startaplar va talabalar uchun ochiq.

Tanlov ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:

  • tijorat loyihalari (logistika, fintex, sug‘urta, chakana savdo, elektron tijorat va farmakologiya);
  • ijtimoiy loyihalar (qishloq va shahar atrof-muhitini yaxshilash, sog‘liq, ekologiya va atrof-muhit muhofazasini yaxshilash).

Grant kimlar uchun?

IT mutaxassislari, talabalar va yangi ish boshlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda g‘olib bo‘lgan eng yaxshi, eng istiqbolli IT loyihalar:

  • 5 ta tijoriy loyihalar uchun 4 mln tenge (10 ming AQSh dollargacha);
  • 1 ta ijtimoiy loyiha uchun 10 mln tengegacha (25 ming AQSh dollargacha) mukofot beriladi.
  • Loyiha egalariga investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, Darlab.asia akseleratori bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat yaratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonlik IT guruhlar, startaplar va talabalar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod raqdim etgan loyiha DAR Lab tanlovi yo‘nalishlariga mos kelishi kerak.
  3. Taqdim etilayotgan loyiha tanlovga berilgan vaqtda ishlab chiqilganiga 4 yildan oshmagan bo‘lishi lozim.
  4. Taqdim etilayotgan loyiha tanlovga berilgan vaqtdagi investitsiya hajmi 200 ming USD dan oshmasligi zarur.
  5. Tanlovda 16 dan 60 gacha yoshdagi nomzodlar qatnasha oladi.
  6. Tanlovda uchinchi tarafdan mualliflik va/yoki boshqa huqular buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  7. Tashkilotchi loyihalarni ko‘rib chiqish jarayonida hech bir izohlarsiz rad etishga haqli.
  8. Konsalting/tijoriy (kommercheskiy) kompaniyalar/franshizlar ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlovga oid talab va cheklovlar bilan batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish uchun ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Nomzodlarning arizalari 2019-yil 29-mayga qadar qabul qilinadi. Ariza to‘ldirilayotganda tizimga shaxsiy ma’lumotlar, loyiha (artefakt)ga oid texnik ma’lumotlar hamda loyiha taqdimoti (.ppt, .pptx yoki .pdf formatlaridan birida) yuklanadi.

Ariza (Artefakt 1) taqdimoti quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim:

  1. Loyiha maqsadi.
  2. Yechimning izohi.
  3. Loyihaning ijobiy ta’siri.
  4. Raqobat muhiti/sohasi.
  5. Komandaning tarkibi/izohi.
  6. DAR Labdan qanday qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘ladi.
  7. Artefakt 1 uchun majburiy shablon: shu yerda.
  8. Aftefakt 2 uchun shablon: shu yerda.

Hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar noodatiy va kreativ g‘oya, texnologiya to‘plami, innovatsiya, ijtimoiy ahamiyatlilik, jamoa to‘liqligi, prototipning mavjudligi, code review kabilarga asosan saralanadi.

Ariza tanlab olingandan so‘ng, mutaxassislar guruhlari 2019 yil may oyining oxirida Darlab.asia doirasida o‘qish uchun Olma-Otaga taklif etiladi. Eng yaxshi loyihalar sarmoyalarga ega bo‘ladilar.

Bogʻlanish uchun:

Nurayim Musaliyeva

Telefon: +7 (727) 321 09 99

e-mail: nmusalievsa@dar.kz

Askar Aytuov

Telefon: +7 (727) 321 09 99

e-mail: aaituov@dar.kz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!