×

Qozog‘iston: xarajatlar to‘liq va qisman qoplanadigan 5 kunlik konferensiya; joy – 50 ta!


Grant

MUHLAT

28.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

4302 marta

The Harvard College Project for Asian and International Relations (HPAIR) tashkiloti HPAIR Asia Conference 2019 konferensiyasida qatnashishga taklif etadi. Ushbu konferensiya bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari, yosh olimlar uchun moʻljallangan. Konferensiyada so‘nggi besh yil ichida universitetni tamomlagan yoki ilmiy daraja olgan nomzodlar ham ishtirok eta oladilar.

HPAIR tashkiloti talaba va yosh olimlar o‘rtasidagi ilmiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fikr almashish uchun tashkil etilgan. Konferensiya Osiyo davlatlari oldidia turgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy muammolarni yechish maqsadida o‘tkaziladi. Konferensiya 2019-yilning 16-20-avgust kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi Nur-Sulton universitetida bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya tashkilotchilari stipendiya ajratiladigan 50 nafar nomzodning xarajatlarini to‘liq yoki qisman qoplaydi. Konferensiya dasturi va jadvali bilan: SHU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqich talabalari va yosh olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyada ishtirok etish 425 dan 475 AQSh dollargacha. Konferensiyada ishtirok etish uchun stipendiyani qoʻlga kiritgan nomzodlarning Qozog‘istonda 2019-yil 16-20-avgustgacha yashash va sayohat qilish xarajatlari qisman yoki to‘liq qoplab beriladi.

Shuningdek, dastur doirasida ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  1. 2019-yil 16-20-avgustgacha konferensiya o‘tkaziladigan joyga yaqin mehmonxonada bepul istiqomat qilish.
  2. Stipendiya sertifikati.
  3. HPAIR ning boshqa ishtirokchilari bilan uchrashish uchun maxsus Qabul tadbiri.
  4. HPAIR ning ijtimoiy tarmoqlarida yozilgan ishlar e’lon qilinishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod davlatga kirish uchun viza rasmiylashtirishlari kerak. O‘zbekistonlik nomzodlar Qozog‘istonga borish uchun viza olishlari talab qilinmaydi.
  3. Nomzod ingliz va rus tilini yaxshi bilishi kerak
  4. Nomzod talaba, magistrant yoki doktorant boʻlishi kerak.
  5. So‘nggi besh yil ichida oliygohni tamomlagan yoki ilmiy daraja olgan nomzod ariza topshira oladilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Konferensiyaga ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Konferensiyada ishtirok etish pulli. Hujjatlar dedlaynlari turli muddatlarda berilgan. Ammo stipendiya uchun nomzodlarning arizalari 2019-yil 28-aprelga qadar qabul qilinadi. Shuning uchun stipendiya olishni istagan ishtirokchilar iloji boricha erta ariza topshirishlari zarur. Hujjat topshirish dedlaynlari quyidagicha:

  1. Erta hujjat topshirish: 2019-yil 28-aprelgacha. Registratsiya 16-iyungacha. To‘lov 425 AQSh dollar
  2. Oxirgi muddat: 2019-yil 26-maygacha. Registratsiya 6- iyulgacha. To‘lov 450 AQSh dollar
  3. Eng so‘nggi mudddat: 2019-yil 16-iyungacha. Registratsiya 15-iyulgacha. To‘lov 475 AQSh dollar

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar ro‘yxati:

  1. Ariza. Arizani barcha qismlari koʻrsatilgan holda toʻldirish va dedlayngacha my.hpair.org sahifasi orqali konferensiya tashkilotchilariga jo‘natish kerak. Ariza quyidagi maʼlumotlarni qamrab oladi:
    – Shaxsiy ma’lumotlar.
    – Rezyume
    – 400 ta so‘zgacha yozilgan esse.
  1. Suhbat. Arizalari ko‘rib chiqilgan va loyiq leb topilgan nomzodlar 15-20 daqiqalik suhbatdan o‘tadilar.
  2. Vizaga ariza berish. Vizasiz Qozog‘istonga kirib-chiqa oladigan davlatlar ro‘yxati: SHU YERDA. Ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston kiradi, uning uchun o‘zbekistonlik talabgorlar konferensiyada qatnashish uchun viza olishlari talab qilinmaydi.
  3. Ro‘yxatdan o‘tish. Konferensiyaga qatnashadigan delegatsiya a’zolari yuqoridagi bosqichda amalga oshirilgan ishlardan so‘ng ro‘yxatdan o‘tadilar.

Stipendiyaga ariza berish. Stipendiyaga ariza topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Ariza. Konferensiyada ishtirok etish uchun arizani 2019-yil 28-aprelgacha topshirish shart.
  2. Stipendiyaga ariza. Ariza my.hpair.org sahifasida 2019-yil 28-aprelgacha berilishi zarur. Kechikkan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Stipendiyaga ariza ikkita savolga javob tariqasida yoziladi: 1) moliyaviy ko‘makka muhtojligi; 2) akademik yutuqlari va agar ishlayotgan bo‘lsa, bandligi.
  3. Moliyaviy ahvoli haqida ma’lumotnoma. Nomzod moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ya’ni, bank hisob raqami va oxirgi soliq deklaratsiyasini topshiradi. Buning uchun talabgorga taxminan 1,5 hafta muddat beriladi.
  4. Suhbat. 20-30 daqiqalik suhbat davomida nomzod moliyaviy madadga muhtojligi, konferensiyaga qatnashishdan maqsadi va akademik/kasbiy ma’lumotlari haqida so‘zlab beradi.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. HPAIR faoliyatiga qiziqishi va tashkilot hamjamiyatida ishtirok etishga tayyorligi.
  2. Moliyaviy yordamga muhtojligi.
  3. Konferensiyaning nomzod faoliyati va liderligida qanday ta’siri borligi.
  4. Konferensiya doirasida hal etiladigan muammolar bo‘yicha mustaqil fikrga egaligi va takliflar bera olishi.

Natijalar 2019-yilning may oyi oxirida maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: 

Elektron manzil: help@hpair.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!