×

Qozog’iston: Yoshlar Akademiyasi; stipendiya olish va amaliyotlarda ishtirok etish imkoniyati bor; joy – 450 ta!


Grant

MUHLAT

05.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

3672 marta

“Yevrosiyo” Jamg‘armasi (YeJ) Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondan boʻlgan, 18 yoshdan 30 yoshgacha yosh yetakchilardan Markaziy Osiyo yoshlar yetakchiligi akademiyasi (CAYLA) da ishtirok etish uchun arizalar qabul qilmoqda. CAYLA AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan va YeJ tomonidan amalga oshiriladigan besh yillik Markaziy Osiyoda fuqarolik jamiyatini qo’llab-quvvatlash dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dastur doirasida o’z yurtining rivojiga hissa qoʻshadigan yosh yetakchilar va jamoat arboblarini ko’zda tutiladi. CAYLA orqali yoshlar o’z vatanida yetakchilik va jalb qilishning eng muhim ko’nikmalarini qo’lga kiritishadi.

Shuningdek, ishtirokchilar  orttirilgan bilim va koʻnikmalaridan foydalanib CAYLA tomonidan moliyalashtiriladigan kichik grant dasturlarida qatnashishlari mumkin. Dastur ishtirokchilariga CAYLA milliy va mintaqaviy konferensiyalari, o‘qitish uchun onlayn platforma, davra suhbatlari, interfaol ma’ruzalar, milliy va mintaqaviy Netvorking oromgohlar, stadi-turlar (o’quv-tanishuv safarlari), stajirovka va murabbiylik qilish imkoniyatlari, stipendiyalar dasturi, kichik grantlar dasturlarida qatnashish imkoniyati yaratib beriladi.

Datur besh yil davomida butun Markaziy Osiyo bo’yicha 450 nafar yosh yetakchilar va jamoat arboblariga onlayn o’qitish va shaxsiy rivojlanish va murabbiylikni taklif etishni rejalashtirgan.

Grant kimlar uchun?

Markaziy Osiyolik yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

CAYLA ishtirokchilari quyidagi tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin:

  • CAYLA milliy va mintaqaviy konferensiyalari
  • O‘qitish uchun onlayn platforma
  • Davra suhbatlari
  • Interfaol ma’ruzalar
  • Milliy va mintaqaviy Netvorking oromgohlar
  • Stadi-turlar (o’quv-tanishuv safarlari)
  • Stajirovka va murabbiylik qilish imkoniyatlari
  • Stipendiyalar dasturi – notijorat boshqaruvi yoki davlat boshqaruvi sohasida oliy ma’lumot olishni rejalashtirayotgan CAYLA bitiruvchilari uchun 2500 AQSh dollarigacha qisman akademik stipendiyalar.
  • Kichik grantlar dasturlari – CAYLA bitiruvchilari o’z ijtimoiy loyihalarini qo’llab-quvvatlash uchun 3000 AQSh dollarigacha miqdorda kichik grantlar. Batafsil ma`lumot shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston yoki Turkmanistondan boʻlishi kerak.
  2. Nomzod 18 – 30 yoshda boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yuqori yetakchilik salohiyatiga ega boʻlishi kerak.
  4. Ijtimoiy masalalarga yoshlarni jalb qilish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod yosh va faol yetakchi, mas’uliyatli fuqaro boʻlishi kerak.
  6. Nomzodning koʻngilli sifatidagi, jamoatchilik ishlaridagi, professional yoki tadbirkorlik borasidagi mehnat tajribasiga egaligi maqsadga muvofiq.
  7. Nomzod hamjamiyatida yoshlar oldida turgan muammolar, shuningdek ularni hal qilishning potensial yo’llarini aniq va qisqa ifodalay olishi kerak.
  8. Nomzod jamiyat hayotini yaxshi tomonga o’zgartirishga qodir faol shaxs boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar 2020-yil 5-maygacha onlayn ariza koʻrinishida qabul qilinadi. Onlayn arizani to’ldirishni boshlashdan oldin quyidagi savollarga javoblar va nomzodning rezumesi oldindan tayyorlab qo’yilishi zarur:

  1. Siz nima uchun CAYLA ishtirokchisi bo’lmoqchisiz? O’zingizning uzoq muddatli rejalaringiz, CAYLAdan nimalarni kutayotganingiz va ushbu maqsadlarga erishishingizda CAYLA qanday qilib Sizga yordam berishi mumkinligini ta’riflab bering. (300 so’zdan ko’p emas)
  2. Sizning yurtingizda yoki Siz yashayotgan jamiyatda yoshlar qanday muammolarga duch kelishmoqda, Siz hozirgi vaqtda qanday qilib O‘z hamjamiyatingiz bilan ushbu mavzuda o’zaro hamkorlik qilmoqdasiz va kelajakda ushbu muammoni hal qilish uchun Siz qanday imkoniyatlarni ko’rmoqdasiz? (600 so’zdan ko’p emas)
  3. Sizning hayotingizda ro’y bergan eng katta muvafaqqiyatsizlik nima bo’lgan va undan qanday saboq chiqarib olgansiz? (300 so’zdan ko’p emas)
  4. CAYLAning boshqa ishtirokchilari bilan qanday qimmatli tajribangizni o’rtoqlashishga tayyorsiz? (300 so’zdan ko’p emas)

Onlayn ariza faqat tayyor ma’lumotlardan nusxa olib joylash uchun mo’ljallangan. Shu sababli nomzodda oldingi savolga qaytish va unga qoʻshimcha qilish/almashtirish imkoniyati mavjud emas. Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil maʼlumot shu yerda.

Dastur haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

E-mail: CAYLAapply@eurasia.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!