×

Qozogʻizton: Barcha bosqichlar uchun toʻliq grantlar!


Grant

MUHLAT

01.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

3219 marta

Qozogʻistonning Nazarboyev universiteti tayyorlov kurslari (Foundation Programs), bakalavr, magistratura, PhD bosqichi yoki yozgi kurslarda oʻqish niyatidagi xorijlik nomzodlarga Abay Kunanbayev nomidagi grant dasturini taklif etmoqda. Ushbu stipendiya dasturi universitetga hujjat topshirgan chet ellik talabalar uchun moʻljallangan. Grant dasturidan maqsad a’lochi, iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va PhD talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabagning oʻqish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi. Grant hayʼati qaroriga koʻra oylik stipendiya ham ajratilishi mumkin.

Grantning manfaatli jihatlari bilan shu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Qozogʻiston fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod Nazarboyev universitetining bakalavr, magistratura, PhD bosqichi yoki yozgi kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Grant ajratishda nomzodning akademik salohiyati, moliyaviy ahvoli hamda yetakchilik qobiliyatiga e’tibor beriladi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun nomzod 2020-yil 1-aprelgacha admissions.nu.edu.kz manzili orqali roʻyxatdan oʻtishi, kerakli kurs tanlanib onlayn ariza toʻldirishi hamda kerakli hujjatlarni yuklashi zarur. Oliygoh kurslarining asosiy qismi kuzgi semestrdan boshlanadi.

Hujjat topshirish haqidagi toʻliq maʼlimot shu yerda.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Passport nusxasi.
  3. Shahodatnoma/bakalavr/magistratura diplomi.
  4. Baholar/diplom ilovasi.
  5. IELTS/TOEFL sertifikati.
  6. SAT natijalari (baʼzi yoʻnalishlar uchun).
  7. Shaxsiy bayonot.

Muhim sanalar:

Ariza topshirish: aprel

Saralash: may

Suhbat: iyun

Natijalar: 2020-yil iyul.

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

E-mail: international.admissions@nu.edu.kz

Tel: 8 (7172) 70 66 88.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!